my5

O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana ortdi

Jamiyat 23.05.2020, 17:01
807
O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana ortdi

 Joriy yil 23 may soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3089 (+11) nafarni tashkil qilmoqda. Yangi kasallanish holatlarining 1 nafari Dubay-Toshkent yo`nalishidagi charter reysda kelgan, yana 1 nafari Qozog`iston orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida qayd etildi. Kasallik qolgan 9 holatda, jumladan, 2 holatda poytaxtimizda, 7 holatda esa Samarqandda aholi orasidan aniqlandi. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo`lgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qat`iy karantinga olingan.

Ayni paytda yurtimizda 2525 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog`aydi. Hozirda 551 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

Шарҳлар