AsosiyJamiyat

Payariq tuman markaziga ham kirish-chiqish vaqtincha cheklandi

'Payariq tuman markaziga ham kirish-chiqish vaqtincha cheklandi'ning rasmi

Bugun, 23 maydan boshlab Payariq tuman hududida aholining sanitariya-epidemologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta`minlash, "COVID-19" infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida nazorat postlari tashkil etildi.  

Tuman hokimligi axborot xizmati xabar qilishicha, epidemik vaziyat noxush bo`lgan "Ilg`or",   "Yangixayot", " Xo`ja Ismoil",  "Go`zal" va "Kattasaydov" hududlari, bundan tashqari, A.Navoiy, “Farovon” va “Mustaqillik” mahallalari orqali tuman markaziga kiruvchi yo`llar, Chelak shahri markaziga “Bunyodkor”, “A.Yassaviy”, “Toshxovuz”, “M.Ulug`bek”, “G`oyibota”, “Xo`jaobod”, “Qumchuq” mahallalari orqali olib kiruvchi barcha yo`llar beton to`siq bilan to`sildi. 

Karantinga olingan mahallalar hududidagi asosiy va ichki yo`llarda kirish-chiqishni kuchaytirilgan tartibda nazoratga olindi. 

Bugundan tuman hududida ko`chalarda maqsadsiz yurgan (tegishli tartibda guvohnomalari bor fuqarolardan tashqari), shuningdek, avtomobillar, moto va velosipedlarda yurgan fuqarolarga (ruxsatnomasiz) belgilangan tartibda tegishli choralar ko`riladi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Past Darg`om tumani markazi – Juma shahriga boshqa hududlardan avtotransport vositalari hamda fuqarolarning kirishi va harakatlanishi vaqtincha to`xtatilgandi.

    Boshqa yangiliklar