AsosiyJamiyat

Namanganda 7 kishi virusni engdi, ular orasida 80 yoshli onaxon ham bor

'Namanganda 7 kishi virusni engdi, ular orasida 80 yoshli onaxon ham bor'ning rasmi

Bugun Namangan viloyatida 7 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sog`ayib, reabilitasiyaga kuzatildi.  

Tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (4 nafari Namangan shahridan, 2 nafari Namangan tumanidan, 1 nafari Uychi tumanidan) bo`lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 2 nafari erkak, 5 nafari ayol bo`lib, eng yoshi kattasi 80 yoshli onaxon bo`lsa, eng yoshi kichiga 14 yoshda.

Viloyatda virusdan sog`ayganlar 240 nafarga etdi. Ayni paytda davolanayotganlar 9 nafarni tashkil etmoqda.  

Shunday qilib, bugun respublikamiz bo`ylab 40 nafar bemor tuzaldi, jami sog`ayganlar 2532 nafarga etdi.  

Eslatib o`tamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 3089 nafarni tashkil qilib, sog`aygan va vafot etganlardan tashqari, mamlakatimizning 7 ta hududida jami 544 nafar bemor davolanmoqda.  

    Boshqa yangiliklar