my5

DXX Toshkent shahrida terroristik tashkilotning yashirin guruhi faoliyatiga chek qo`ydi (Video)

Jamiyat 07.07.2020, 13:59
Теглар: Video
5846
DXX Toshkent shahrida terroristik tashkilotning yashirin guruhi faoliyatiga chek qo`ydi (Video)

DXX va IIV xodimlari tomonidan mavjud jinoyat ishi doirasida Toshkent shahrining Olmazor va Shayxontohur tumanlarida o`tkazilgan hamkorlikdagi tezkor tadbirlar natijasida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2016 yil 26 sentyabrdagi qarori bilan mamlakatimizda taqiqlangan “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkilotining 11 nafar tarafdorlaridan iborat yashirin guruh faoliyatiga chek qo`yildi.

Aniqlanishicha, ushbu guruhni tashkil etgan shaxsning o`zi dastavval joriy yilning yanvar oyida diniy ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlarning g`oyaviy rahnamolari bo`lmish, hozirda Suriya va Turkiya davlatlarida qo`nim topgan, asli qirg`izistonlik laqabi “Abu Saloh” bo`lgan Sirojiddin Muxtorov, shuningdek, O`zbekiston fuqarolari bo`lgan “Abdulloh Zufar” laqabli Zofir G`afforov va “Sodiq Samarqandiy” laqabli Sodiq Muhammadievlarning da`vatlarini tinglab, ularning ta`siriga tushib qolgan.

So`ngra o`z atrofidagi insonlarni ham bu yo`lga targ`ib qila boshlagan.

Joriy yilning mart oyiga kelib, u “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti safiga qo`shilish uchun Suriya davlatiga chiqib ketishni reja qilgan va buning uchun o`ziga xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirib olgan.

Biroq, koronavirus pandemiyasi tufayli O`zbekiston va Turkiyada joriy etilgan karantin choralari uning rejasining ro`yobga chiqishiga xalaqit bergan.

Ta`kidlash lozimki, noqonuniy yig`ilishlar davomida guruh a`zolari internet tarmog`i orqali yuklab olingan ekstremistik mazmundagi materiallarni tinglab, muhokama qilishgan. Hatto, ularning bir nechtasi “hijrat” va “jihod” qilish uchun Suriya davlatiga borishga xayrixohlik bildirishgan.

O`tkazilgan tezkor tadbirlar davomida guruh a`zolarining yashash manzillarida taqiqlangan diniy adabiyotlar va varaqalar, kompyuter, noutbuk, planshet, mobil telefon hamda flesh-kartalar borligi aniqlanib, ularda saqlanayotgan ma`lumotlarni ekspertizadan o`tkazish uchun prosessual tarzda rasmiylashtirilib olindi.

Hozirda tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Шарҳлар

“Namanganda tadbirkorni urgan va qo`lini sindirgan IIB xodimlariga jazo bormi?” Tafsilotlar ma`lum qilindi (video)

28.10.2020, 17:00

Kecha, 27 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Namangan viloyati Pop tumanidagi tadbirkorni urgan va qo`lini sindirgan IIB xodimlariga jazo bormi?” nomi ostida tarqatilgan videotasvirlar internet foydalanuvchilarining...
Tezkor! Qoraqalpog`istonga osmondan qizil shar tushdi (video)

28.10.2020, 12:40

Qoraqalpog`iston Respublikasi Mo`ynoq tumanining Qipchoq daryo ovuli hududiga osmondan ichi bo`sh shar shaklidagi metall erga tushdi. Bu haqdagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo`ldi.Tarqalgan videoda guvohlik...
Toshkent chorrahalariga o`rnatilgan kameralarning lisenziyasi tugadi. Ularni ishga tushirish uchun yangi tizimdan foydalanish mumkin (video)

28.10.2020, 11:56

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti rahbari o`rinbosari Aleksey Xen ma`lum qildi.Unga ko`ra, Toshkent shahridagi 114 ta chorraha va boshqa joylar kameralar...
"Eng qimmat avariya": "UzAuto Motors" mashinalari ortilgan avtovoz ishtirokidagi YTH tafsilotlari ma`lum qilindi (foto va video)

28.10.2020, 08:29

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda yangi, engil avtomobillarni olib ketayotgan avtovoz avariyaga uchragani holati aks etgan video va suratlar tarqaldi.Mazkur hodisa 24 oktyabr kuni Buxoro viloyatidagi...