Videolavhada guvohi bo`lganingizdek, sun`iy nafas olish apparatiga ulangan bemorning ahvoli nihoyatda og`ir kechmoqda. Shifoxonalarimizda tez-tez yuz berayotgan bu kabi achinarli holatlarni ko`p eshitganmiz, ammo bundan hamisha ham to`g`ri xulosa chiqaravermaymiz. Vaziyatni ko`z bilan ko`rganimizda esa beixtiyor ehtiyot bo`lish lozimligini o`ylab qolamiz.
Bemorga tibbiy yordam ko`rsatayotgan shifokorning qayd etganidek, ushbu 69 yoshli bemor 30 iyun kuni og`ir ahvolda, tez tibbiy yordam mashinasida klinikaga olib kelingan. Bemorga koronavirus infeksiyasi farzandlari orqali yuqqan. Shunga qaramay o`z sog`ligiga e`tiborsizlik bilan qaragan bemor uy sharoitidadavolanishga harakat qilgan. Natijada, kasallik zo`rayib ketgan.
Ayni paytda bemorning ahvoli o`ta og`ir bo`lib, ikki tomonlama pnevoniya bilan kechmoqda. Shifokor ogohlantirganidek, koronavirus infeksisining eng yomon tomoni, pnevoniyani tez rivojlantiradi. Shu bois, Sog`liqni saqlash vazirligi aholidan kasallikning ilk alomatlari sezilgan zahotiyoq, zudlik bilan shifokorga murojaat qilishlari lozimligini doimiy ravishda so`rab keladi.
Mazkur videolavha barchamizga katta saboq bo`lib, shunga yarasha karantin qoidalariga qat`iy rioya etish, yaqinlarimizni, ayniqsa, keksalarimizni avaylashimiz, har qadamda xushyorlikni yo`qotmaslikni doimiy odatga aylantirishimiz zarur ekanini ko`rsatmoqda. Aks holda, videoda aks etgan bemorning ahvoliga tushib qolmasligimizga hech kim kafolat bera olmaydi.
O`zingiz va yaqinlaringiz sog`ligiga e`tiborsiz bo`lmang, hushyor holda karantin qoidalariga so`zsiz rioya etishni aslo unutmang!






