1

Farg`onada Rossiyaga jo`nataman deb aldagan shaxsga jinoyat ish ochildi

Jinoyat 28.09.2020, 21:22
Teglar: Farg`ona, IIB
Farg`onada Rossiyaga jo`nataman deb aldagan shaxsga jinoyat ish ochildi

Farg`ona viloyatida Rossiyadan ish topib beraman deb aldagan shaxsga jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB xabar berdi.

Manbaning xabar berishicha, 2020 yilning 28 may kuni Sh.S. shahar markazida joylashgan oshxona oldida A.U.ning ishonchiga kirib, 900 AQSh dollari evaziga Rossiya davlatidan ish topib berishi va jo`natishini aytib, pullarni olib bergan va`dasini bajarmasdan aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan pullarni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang. Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 
  

Sharhlar

Farg`onada diniy ekstremistik oqimning faol a`zosi 12 yilga qamaldi

15.05.2024, 13:27

Farg`onada "Hizb at-tahrir al-islomiy" diniy ekstremistik oqimining faol a`zosi bo`lgan Abdumutal Abdurahimov qamaldi, deya xabar bermoqda Oliy sud Matbuot xizmati.Abdumutal Abdurahimov Rossiya Federasiyasida ishlab yurgan...
Farg`onada Milliy gvardiya xodimi o`quvchilarga tarsaki tushirdi(video)

14.05.2024, 12:51

Farg`ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi Qo`shtepa tumanidagi maktabda o`quvchilariga tarsaki tushirgan xodim ishi yuzasidan ma`lumot berdi.Ijtimoiy tarmoqlarda Qo`shtepa tumanida joylashgan maktabda Milliy gvardiya xodimi maktab...
Farg`onadagi avtoturargohda nazoratchi ayol va haydovchi o`rtasida janjal kelib chiqdi

19.04.2024, 13:43

Joriy yilning 11 aprel kuni Farg`ona shahardagi  “Shodlik Qirguli avto” MChJda nazoratchi bo`lib ishlovchi Z.S. (ayol) hamda Farg`ona-Toshloq yo`nalishida qatnovchi haydovchi B.O. o`rtasida o`zaro kelishmovchilik...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1