1

Istanbulni kashf etish qaerdan boshlanadi? (fotosayohat)

Jamiyat 27.01.2021, 01:45
Teglar: Foto, Turkiya, Istambul, Galata
Istanbulni kashf etish qaerdan boshlanadi? (fotosayohat)

Avval xabar berganimizdek, Turkiya madaniyat va turizm vazirligi tomonidan o`zbekistonlik jurnalist va blogerlar uchun Istanbul, Antaliya va Kapadokiya shaharlariga navbatdagi sayohat uyushtirildi. Ayni paytda o`zbekistonlik OAV xodimlari, xususan, "darakchi.uz" muharriri ham afsanaviy Istanbul shahrida bo`lib turibdi. Bizning navbatdagi manzilimiz Galata minorasi bo`ldi.

Istanbulni kashf etish Galata minorasi balandligidan qarashdan boshlanadi

Shaharning tarixiy maskanlaridan biri —  Galata minorasi Istanbulning Evropa qismida joylashgan baland bino. U shaharning eng muhim ramzlaridan biridir. Minoraning balandligi 67 metrni, diametri 9 metrni tashkil etadi. U dengiz sathidan 140 metr balandlikda joylashgan. Bu degani, minora Istanbulning istalgan nuqtasidan ko`rinib turadi.

Tarixga ko`ra...

Ma`lumotlarga ko`ra, 1348-49-yillarda genuyaliklar tog`ning tepasida minora quradilar va u mana shu kungacha saqlanib kelgan. Keyinchalik Konstantinopol davrida bu minora "Iso Masih minorasi" deb atalgan. Minora o`zining hozirgi Galata nomini Usmonli imperiyasi davrida olgan. Ma`lumotlarga ko`ra, minora avval bundan baland bo`lgan, Sulton Mexmet gumbazni olib tashlagach, minora balandligi 6,8 metrga qisqargan. Sulton Murod III davrida minoradan rasadxona sifatida foydalanilgan. Shuningdek, ma`lum muddat u maxsus kuzatuv joyi ham hisoblangan. 1791 yilda minora rekonstuksiya qilingan va 1875 yilda zamonaviy ko`rinishga ega bo`lgan. 1960 yillarda esa minorada konus shaklidagi gumbaz qayta tiklangan. Keyinchalik lift ham qurilgan. 

Hozirda ushbu minorada Turkiya madaniyat va turizm vazirligi tomonidan muzey tashkil etilgan. 

Muzeyni tomosha qilish bir olam taassurot bo`lsa, minoraning ochiq balkoniga chiqib, butun Istanbulni ko`rish alohida hayratlanarli. Bu yerda siz o`z hislaringizni berkita olmaysiz. Bir so`z bilan aytganda — butun olam kaftdek namoyon.

Biz esa Istanbuldagi eng diqqatga sazovor maskanlar va qadimiy obidalar bo`ylab sayohatimizni davom ettiramiz. 

Farida Egamberdieva, Turkiya-Istanbul

Sharhlar

Samarqandlik firibgar Istanbulda ushlandi

08.05.2024, 12:20

1979 yilda Samarqand viloyatida tug`ilgan  Raximov Ozod Sadulloevich Istanbul shahrining Fatix tumanida qo`lga olindi. U  u firibgarlik va odam savdosi bilan shug`ullanganlikda ayblanmoqda.Bu haqida Bosh...
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini uzdi

03.05.2024, 14:22

Turkiya Isroil bilan savdo aloqalarini to`xtatdi. Bu haqda Bloomberg agentligi ikki turk rasmiysiga asoslanib xabar bermoqda.Ularga ko`ra, 2 maydan boshlab Anqara yahudiy davlatiga barcha eksport va...
Endi Turkiyani suv bosmoqda (video)

01.05.2024, 16:06

Mamlakat poytaxtida yoqqan kuchli yomg`ir sabab Anqara ko`chalarini suv bosdi. Bu haqda TRT haber ma`lum qildi.Buning oqibatida shahar transport tizimi va aeroport ishida uzilishlar kuzatilgan.“Yo`llar...
Xitoyda ertalabdan o`zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas

25.04.2024, 07:33

Xitoyning Xenan provinsiyasidagi chakana savdo tarmog`i asoschisi Yu Donglay xodimlarga ish va hayot muvozanatini yaxshilashga yordam berish uchun “baxtsiz ta`til” kunlarini joriy qildi, deb yozadi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1