1

O`zbekiston Prezidenti Pokiston Bosh vaziri bilan ikki tomonlama kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

Jamiyat 26.10.2021, 21:41
Teglar: O`zbekiston, Shavkat Mirziyoev, Pokiston, Imron Xon
O`zbekiston Prezidenti Pokiston Bosh vaziri bilan ikki tomonlama kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 26 oktyabr kuni Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi

Suhbat avvalida Pokiston Hukumati rahbari mamlakatimiz etakchisini saylov kampaniyasi muvaffaqiyatli o`tkazilgani va Prezident saylovida ishonchli g`alabaga erishilgani bilan samimiy qutlab, do`st O`zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

O`zbekiston Prezidenti va Pokiston Bosh vaziri ikki tomonlama hamkorlikda barqaror rivojlanish tendensiyasi kuzatilayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Joriy yil iyul oyida o`tgan Toshkent sammiti davomidagi samarali uchrashuvlar ko`p qirrali O`zbekiston-Pokiston munosabatlarini aniq mazmun bilan boyitib, strategik sheriklik darajasiga ko`tarishga xizmat qildi.

O`zaro savdo ko`rsatkichlari ortayotgani, ikki mamlakat etakchi kompaniyalarining sanoat kooperasiyasi ko`lami kengayib borayotgani alohida ta`kidlandi. Investisiya, bank-moliya, transport-kommunikasiya, gumanitar va boshqa sohalarda yangi loyiha va dasturlar ishlab chiqilmoqda.

Afg`onistonda vujudga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi. Ushbu mamlakatda tinchlik o`rnatilishiga va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishishga ko`maklashish maqsadida xalqaro sa`y-harakatlarni birlashtirish muhim ekani qayd etildi.

Sharhlar

O`zbekistonda yil oxirigacha 250-300 ming kishi mehnat migrasiyasidan qaytishi prognoz qilinyapti

10.05.2024, 15:14

Yig`ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel...
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi

06.05.2024, 13:48

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1