Yig`ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel oyini o`zida 365 ming aholi bandligi ta`minlangani va tadbirkorlikka jalb qilingani qayd etildi.
Banklar o`z mijozlarining muammolarini hal qilib, 115 ming aholiga ishli bo`lishga ko`maklashdi.
Mahallalarda 70 mingta mikro-loyiha amalga oshirildi, 465 ming gektar tomorqa erlariga ekin ekildi.
Davlatimiz rahbari "Sayxunobod" tajribasi doirasidagi ishlar hamma hududlarda ham birdek tashkil qilinmayotganini ko`rsatib o`tdi.
Masalan, 7 ta tuman o`rganilganda, 17 ta mahallada ishlar sustligi aniqlandi.
Yoki, ishga tushgani aytilgan 1 mingdan ziyod xonadondagi mikro-loyihalar joyida o`rganilganda, 76 tasi yoki 7 foizi o`z tasdig`ini topmadi.
Shu bois, sustkashlikka yo`l qo`ygani uchun tuman darajasidagi 382 nafar mas`ullar ishdan olingan.
Prezidentimiz bandlik va aholi daromadi masalasi birinchi darajali ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ta`kidlab, bu borada oqsoqlikka yo`l qo`yib bo`lmasligi haqida barcha darajadagi rahbarlarni ogohlantirdi.
Yana bir muhim masala – tartibli va xavfsiz mehnat migrasiyasi.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida mehnat migrasiyasidan 58 ming nafar, aprelda 57 ming nafar fuqaromiz qaytib kelgan. Yil oxirigacha yana 250-300 ming nafari qaytishi prognoz qilinmoqda.
Ularni ishga joylashtirish, ijtimoiy masalalariga ko`maklashish muhimligi ta`kidlandi.
Mutasaddilarga migrasiya bo`yicha yagona axborot platformasini yaratib, “mahalla ettiligi” tizimi bilan integrasiya qilish, xorijda mehnat qilayotgan va qiyin vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarimizga ko`maklashish, qaytgan fuqarolarni ishga joylashtirish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Muhokama qilingan vazifalar yuzasidan tarmoq va hududlar rahbarlarining hisoboti tinglandi.
06.05.2024, 13:48
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...13.09.2023, 11:02
Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol o`tkazib...24.01.2023, 10:47
Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...18.01.2023, 11:45
Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...