Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri.
Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol o`tkazib yuborgan O`zbekiston U-23 terma jamoasi 2024 yil Qatarda o`tkaziladigan musobaqada chempionlik uchun kurashadi.
"darakchi.uz" muxbiriga ko`ra, kecha, 12 sentyabr kuni O`zbekiston va Eron o`rtasidagi uchrashuvni tomosha qilish uchun bu gal stadionga 7891 nafar muxlis tashrif buyurdi. Uchrashuvga qiziqish shu qadar yuqori ediki, chipta xarid qilishga ulgurmagan minglab tomoshabinlar hattoki o`yinni maydon tashqarisidan tik oyoqda tomosha qilishdi.
Birinchi bo`limida hisob ochilmadi. Xar ikki jamoa dastlabki 45 daqiqalikda maydonni 0-0 ko`rinishidagi natija bilan tark etdi.
Ikkinchi taymni faol boshlagan O`zbekiston vakillari 47-daqiqada raqib darvozasiga yo`l topdi. Abbosbek Fayzullaev Abduqodir Husanov tomonidan yo`llangan uzatmani golga aylantirib, hisobni ochishga muvoffaq bo`ldi.
O`yin so`nggiga qadar Fayzullaevning goli yagonaligini saqlab qoldi. Shu tariqa o`zbekistonlik futbolchilar Osiyo kubogi yo`llanmasini qo`lga kiritdi.
Lekin, uchrashuvda har ikkala jamoa tomonidan hakamga juda ko`p e`tirozlar bildirildi. O`zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh maurabbiyi Temur Kapadze ham bu haqida gapirib o`tdi.
Shuningdek, uchrashuvdan so`ng Temur Kapadzening shogirdlardan ham o`yin haqidagi fikrlariga qiziqdik.
Shu tariqa 2024 yil Qatarda bo`ladigan Osiyo chempionati o`yinlari uchun saralash o`yinlari yakunlandi.
Shu orqali ushbu turnirga yo`llanma olgan barcha termalar nomi aniq bo`ldi:
Qatar (mezbon)
Iordaniya
Janubiy Koreya
Vetnam
Yaponiya
O`zbekiston
Iroq
BAA
Tailand
Avstraliya
Indoneziya
Saudiya Arabistoni
Quvayt
Tojikiston
Xitoy
Malayziya
Qiziq fakt: O`zbekiston U-23 terma jamoasi so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol o`tkazib yubordi.
22.04.2024, 20:57
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`anning Iroqqa tashrifi va uning doirasida imzolangan kelishuvlar Turkiya-Iroq munosabatlarida yangi burilish nuqtasi bo`lishiga ishonch bildirdi. Bu haqda davlat rahbari Iroq...21.04.2024, 17:45
Kelgusi haftada Rossiya Eronga 24 ta Su-35 qiruvchi samolyotini topshiradi. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri ma`lum qilgandi. Eronning bir qator OAVlarining xabar berishicha, Rossiya...17.11.2023, 09:49
3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...16.11.2023, 12:40
Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...