1

Rossiya Ukraina bilan muzokara o`tkazishga tayyor emas — AQSh davlat departamenti

Dunyo 21.07.2022, 10:10
Teglar: Rossiya, Ukraina
Rossiya Ukraina bilan muzokara o`tkazishga tayyor emas — AQSh davlat departamenti

Rossiyaning Ukraina bilan muzokara o`tkazishga tayyorligi to`g`risida belgilar yo`q. Bu haqda AQSh davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays ma`lum qildi, deya yozdi "Zamon.uz".

“Hozircha biz ularning real diplomatiyaga o`tish bo`yicha hech qanday harakatlarini ko`rmadik”, – degan u.

Diplomatning qo`shimcha qilishicha, Moskva o`z yondashuvini o`zgartirmas ekan, AQSh va uning ittifoqchilari Kievga harbiy yordam berishda davom etadi.

Rossiya va Ukraina 28 fevraldan buyon muzokara o`tkazib keladi. Uning dastlabki raundlari Belarusda bo`lib o`tgan. Mart oxirida tomonlar Istanbulda uchrashgandi.

Avvalroq Vladimir Putin Ukrainaning muzokara o`tkazish va kelishuvlarga amal qilish istagi yo`qligini aytgandi.

Sharhlar

Turkmanistonliklarga O`zbekiston orqali Rossiyaga borish taqiqlanmoqda

15.05.2024, 13:53

O`zbekiston orqali Rossiyaga ketayotgan Turkmaniston fuqarolari “Toshhovuz” nazorat-o`tkazish punktidan hech qanday sabablarsiz orqaga qaytarilmoqda. Bu haqda “Turkmen news” xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha, Turkmaniston fuqarolarini turkman chegarachilari...
Prezident Rossiyaga etib bordi

08.05.2024, 17:04

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 8 may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. “Vnukovo” xalqaro aeroportida davlatimiz...
AQSh Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo`llaganlikda aybladi

02.05.2024, 15:35

AQSh Davlat departamenti tomonidan e`lon qilingan bayonotga ko`ra, Rossiya qo`shinlari ukrainalik askarlarga qarshi xloropikrin zaharli moddasidan foydalangan. Bu haqda SNN xabar berdi. Vashingtonning fikricha, Moskva kimyoviy qurollardan...
Rossiya Eronga 24ta qiruvchi samolyot bermoqchi

21.04.2024, 17:45

Kelgusi haftada Rossiya Eronga 24 ta Su-35 qiruvchi samolyotini topshiradi. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri ma`lum qilgandi. Eronning bir qator OAVlarining xabar berishicha, Rossiya...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1