1

Pol Pogba “MYu” uchun Los-Anjeles shahrida tibbiy ko`rikdan o`tadi

Sport 29.07.2016, 11:23
Teglar: Futbol, Sport
Pol Pogba “MYu” uchun Los-Anjeles shahrida tibbiy ko`rikdan o`tadi

Italiyaning “Yuventus” jamoasi xavbeki Pol Pogba yaqin kunlarda Angliyaning “Manchester Yunayted” a`zosiga aylanadi, deb xabar bermoqda Championat.com.

Manbaning ta`kidlashicha, ayni vaqtda AQShda ta`tilini o`tkazayotgan 23 yoshli futbolchi Los-Anjeles shahrida “MYu” uchun tibbiy ko`rikdan o`tadi. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, ingliz klubi Pogbaning transferi  uchun 120 mln evro to`laydi va buning 20 foiziga futbolchining agenti Mino Rayola egalik qiladi.

Fransyailik yarim himoyachining o`zi bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekiladi. Uning haftalik maoshi esa 290 ming funt qilib belgilanishi ko`zda tutilgan.

Oldinroq Pol Pogbaning sartaroshi uning “MYu”ga o`tishini “gullab” qo`ygani haqida xabar bergandik

Sharhlar

O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinadi

23.05.2024, 18:44

Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...
Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Futbol bo`yicha 2026 yilgi jahon chempionati formati tasdiqlanmoqda

15.03.2023, 11:00

FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...
Italiya futboli yulduzlari Toshkentga keladi

07.05.2022, 09:03

Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...
“Lokomotiv” bosh murabbiyi Sekeyra: “Bu tizim bilan O`zbekiston MTJ hech qachon jahon chempionatiga bormaydi”

23.10.2021, 22:16

Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1