1

JCh-2026 3-saralash bosqichi uchun qur`a tashlandi

Sport 27.06.2024, 13:09
JCh-2026 3-saralash bosqichi uchun qur`a tashlandi

JCh-2026 3-saralash bosqichi uchun qur`a tashlandi. Unga ko`ra, O`zbekiston MTJ A guruhidan o`rin oldi. Ushbu guruhdan shuningdek Eron, Qatar, BAA, Qirg`iz Respublikasi va KXDR o`rin oldi. O`zbekiston ushbu bosqichdagi yurishini 5 sentyabr kuni boshlaydi va KXDRni qabul qiladi.

2-tur. 10 sentyabr. Qirg`iziston — O`zbekiston;

3-tur. 10 oktyabr. O`zbekiston — Eron;

4-tur. 15 oktyabr. O`zbekiston — BAA;

5-tur. 14 noyabr. Qatar — O`zbekiston;

6-tur. 19 noyabr. KXDR — O`zbekiston;

2025 yil

7-tur. 20 mart. O`zbekiston — Qirg`iziston;

8-tur. 25 mart. Eron — O`zbekiston;

9-tur. 5 iyun. BAA — O`zbekiston;

10-tur. 10 iyun. O`zbekiston — Qatar.

Eslatib o`tamiz, ushbu bosqichda guruhda dastlabki 2 ta o`rinni egallagan jamoalar JCh-2026 yo`llanmasini qo`lga kiritadi. 3 va 4-o`rinni olgan jamoalar esa saralashni yana davom ettiradi.

O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes qur`a haqidagi fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

— Barcha o`yinlar qiyin bo`ladi, jamoalar teng. Safar e`tibori bilan O`zbekistonga yaqin masofada joylashgan mamlakat jamoalari tushgani yaxshi bo`ldi. Bugundanoq tayyorgarlikni boshlashimiz kerak.Qatar juda yaxshi jamoa, oxirgi Jahon kubogi ishtirokchisi, uzoq vaqtdan beri bir xil tarkibga ega. Ularni hurmat qilamiz. Biroq asosiy e`tibor fokus o`zimizga qaratiladi. Muxlislardan oxirgi o`yindagi kabi qo`llab quvvatlashlarini so`rayman. Ular bizni qo`llasa, albatta, yaxshi natijaga erishamiz. Mundialga yo`llanmani qo`lga kiritishimizga to`liq ishonaman, mag`lubiyatsiz seriyada ketyapmiz. Futbolchilar jarohat olmasdan, o`z klubida doimiy o`yin amaliyotiga ega bo`lishlari juda muhim, – deydi Srechko Katanes.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1