1

Samarqandda avval kuzatilmagan issiqlik qayd etildi

Jamiyat 27.07.2022, 14:21
Samarqandda avval kuzatilmagan issiqlik qayd etildi

Kecha Samarqand shahrida muqaddam 26 iyul kunlari uchun kuzatilmagan issiqlik qayd etildi. Bu haqda "O`zgidromet" meteorologi Erkin Abdulahatov xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, Samarqand shahrida kuzatuvlar boshlanganidan buyon 26 iyul sanasida +40 darajadan yuqori havo harorati qayd etilmagan ekan. 2021 yilning 26 iyulida Samarqandda birinchi marta shu kun uchun havo harorati +40 darajadan yuqorilagan.  

Ko`hna shahar Samarqandda kecha o`tgan yilda kuzatilgan rekord issiqlik ko`rsatgichi qariyib bir daraja yuqorilikda yangilandi, ya`ni +40.9 daraja issiqlik vayd etilgan.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati joriy haftaning ikkinchi yarmida harorat pasayishini xabar qilgan

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1