1

Toshkent viloyatida mijozining sochini zo`ravonlik bilan kalga olib tashlagan sartarosh qamaldi

Jamiyat 20.04.2024, 14:58
Toshkent viloyatida mijozining sochini zo`ravonlik bilan kalga olib tashlagan sartarosh qamaldi

Toshkent viloyatida mijozining sochini zo`ravonlik bilan kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi

Ma`lum qilinishicha, sartaroshning harakatlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, ko`pchilikning haqli e`tiroziga sabab bo`lgan. Shundan so`ng, sartarosh va holatni tasvirga olgan uning tengdoshi IIBga chaqirilib, profilaktik suhbat o`tkazilgan.

“Aniqlanishicha, mazkur voqea 2022 yilning oktyabr oyida sodir bo`lib, bugungi kunga qadar ichki ishlar organlariga murojaat yoki shikoyat arizasi kelib tushmagan.Hozirda sartaroshlik bilan shug`ullanuvchi 34 yoshli shaxs va voqeani videotasvirga olgan uning tengdoshi tuman IIBga olib kelinib, profilaktik suhbat o`tkazildi hamda tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi”, degan Bobur To`laganov.

Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent tumani sudining qarori bilan sartaroshga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasiga (mayda bezorilik) asosan 10 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan. Jarayonni videotasvirga olgan fuqaro esa jarimaga tortilgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1