1

Da`vatlarga berilmang va ehtiyotkor bo`ling — O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi

Jamiyat 22.09.2022, 11:03
Teglar: Rossiya, Elchixona
Da`vatlarga berilmang va ehtiyotkor bo`ling — O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi

O`zbekiston Respublikasining Rossiya Federasiyasidagi elchixonasi vatandoshlarni yana bir bor xorijiy davlatlar hududida jinoiy javobgarlik belgilangan harbiy harakatlarda ishtirok etishdan ogohlantiradi.

Elchixonaning ma`lum qilishicha, O`zbekiston Respublikasi fuqaroligi to`g`risidagi qonunga muvofiq, O`zbekiston Respublikasining fuqarosi bo`lgan shaxs xorijiy davlatning fuqaroligiga tegishli deb e`tirof etilmaydi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e`lon qilingan kundan boshlab O`zbekiston Respublikasining fuqaroligi bekor qilinadi.

Shu munosabat bilan, diplomatik vakolatxona O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasiga ko`ra  "yollanish" - xorijiy davlat hududidagi qurolli to`qnashuvlarda yoki harbiy harakatlarda qonunga xilof ravishda qatnashish jinoyat hisoblanishi, ushbu harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlik o`n yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutishini eslatib o`tadi. 

Elchixona O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yuqoridagi moddasida nazarda tutilgan qonunga xilof harakatlarni sodir etganligi to`g`risida xolis ma`lumotlar mavjud bo`lgan barcha shaxslar istisnosiz jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini ogohlantiradi. Elchixona yurtdoshlarimizni da`vatlarga berilmaslik va ehtiyotkor bo`lishga chaqiradi.

Sharhlar

Turkmanistonliklarga O`zbekiston orqali Rossiyaga borish taqiqlanmoqda

15.05.2024, 13:53

O`zbekiston orqali Rossiyaga ketayotgan Turkmaniston fuqarolari “Toshhovuz” nazorat-o`tkazish punktidan hech qanday sabablarsiz orqaga qaytarilmoqda. Bu haqda “Turkmen news” xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha, Turkmaniston fuqarolarini turkman chegarachilari...
Prezident Rossiyaga etib bordi

08.05.2024, 17:04

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 8 may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. “Vnukovo” xalqaro aeroportida davlatimiz...
AQSh Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo`llaganlikda aybladi

02.05.2024, 15:35

AQSh Davlat departamenti tomonidan e`lon qilingan bayonotga ko`ra, Rossiya qo`shinlari ukrainalik askarlarga qarshi xloropikrin zaharli moddasidan foydalangan. Bu haqda SNN xabar berdi. Vashingtonning fikricha, Moskva kimyoviy qurollardan...
Rossiya Eronga 24ta qiruvchi samolyot bermoqchi

21.04.2024, 17:45

Kelgusi haftada Rossiya Eronga 24 ta Su-35 qiruvchi samolyotini topshiradi. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri ma`lum qilgandi. Eronning bir qator OAVlarining xabar berishicha, Rossiya...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1