1

⚡️ "Tarkibida zaharli modda". SSV Samarqandda 18 nafar bolaning o`limiga sabab bo`lgan Dok-1 Maks siropi bo`yicha o`rganish natijalarini e`lon qildi

Jamiyat 27.12.2022, 10:20
Teglar: ​Samarqand, Dok-1 Maks
⚡️ "Tarkibida zaharli modda". SSV Samarqandda 18 nafar bolaning o`limiga sabab bo`lgan Dok-1 Maks siropi bo`yicha o`rganish natijalarini e`lon qildi

Avvalroq xabar berganimizdek, O`zbekistonda  "Dok-1 Maks" dori vositasidan bolalar o`rtasidagi o`lim holatlarining aniqlangan edi. Shundan so`ng SSV o`rganish ishlarini boshlab yubordi va O`zbekistonda "Dok-1 Maks" dori vositalarini dorixonalardan qaytarib olish boshlangan.

Sal avval vafot etgan bolalar soni 18 nafarga etgani xabar qilindi. Ayni paytda SSV matbuot xizmati Dok-1 Maks siropi bo`yicha o`rganish natijalarini e`lon qildi. 

Ma`lum qilinishicha, Sog`liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug`iga asosan maxsus ishchi guruh a`zolari tomonidan joyiga chiqqan holda xizmat tekshiruvi o`tkazildi.

Aniqlanishicha, Hindistonning “Marion Biotech Pvt. Ltd” kompaniyasiga tegishli Dok-1 Maks tabletka va sirop dori vositaci O`zbekistonda 2012 yildan ro`yxatga olinib, shu yildan savdoga chiqarilgan. Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi bergan ma`lumotga ko`ra, har bir dori seriyalari tekshirilib, ularga muvofiqlik sertifikati berilgan. O`zbekistonga ushbu preparat “Quramax Medical” MChJ tomonidan import qilingan.

Tekshiruv jarayonida O`zbekistonda o`tkir respirator kasalliklarga chalingan 21 nafar bolaning 18 nafarida Dok-1 Maks siropini ichish natijasida o`lim holati aniqlandi. Vafot etgan bolalar stasionar davolanishga kelguniga qadar ushbu preparatni uy sharoitida boshqa dorilar bilan birga, 2-7 kun davomida, kuniga 3-4 mahal 2,5-5 millilitrgacha qabul qilgan. Tabiiyki, bu bolaga me`yoridan ancha ortiq miqdor hisoblanadi.

Barcha bolalarga preparat shifokorlar reseptisiz berilgan. Dori vositasi tarkibidagi asosiy modda parasetamol bo`lgani uchun Dok-1 Maks siropi ota-onalar tomonidan mustaqil yoki dorixona sotuvchilarining tavsiyasi bilan shamollashga qarshi vosita sifatida noto`g`ri qo`llanilgan. Bu esa bemorlarning ahvoli yanada yomonlashishiga sabab bo`lgan.

Qayd etilishicha, parasetamol faqat tana harorati 38-38,5 darajadan yuqori bo`lgandagina kuniga 1 yoki 2 marta 1 yoshgacha bolaga 100-125 milligramm, 1 yoshdan 3 yoshgacha 200 milligramm, 3 yoshdan 5 yoshgacha bolalarga esa 250 milligramm dozada berilishi kerak. Tana harorati me`yorida bo`lganda ushbu dori vositasini iste`mol qilish qat`iyan man etiladi.

Bundan tashqari, olib borilgan dastlabki laborator o`rganishlar Dok-1 Maks siropining ushbu seriyasi tarkibida etilenglikol mavjudligini ham ko`rsatdi. Ushbu modda zaharli bo`lib, taxminan 1-2 ml/kg 95 foiz konsentrlangan eritmasi bemor salomatligida jiddiy o`zgarishlarni, ya`ni qusish, xushdan ketish, tutqanoq, yurak-qon tomir tizimidagi muammolar va o`tkir buyrak etishmovchiligini keltirib chiqaradi.

 Vazirlik ishchi guruhi o`rganish davomida aniqlangan barcha qonunbuzilish holatlari e`tiborga olinib, xizmat vazifasiga loqayd va bee`tibor munosabatda bo`lgani, bolalar o`limi tahlilini o`z vaqtida yuritmagani va kerakli choralarni ko`rmagani uchun 7 nafar mas`ul xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildi va qator mutaxassislarga intizomiy jazo choralari qo`llanildi.

To`plangan barcha hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Ayni paytda Dok-1 Maks tabletka va sirop dori vositalari O`zbekistondagi barcha dorixonalar savdosidan o`rnatilgan tartibda qaytarib olingan. O`rganish materiallari asosida aniqlangan kamchiliklar, tibbiyot xodimlarining mas`uliyati masalasi Sog`liqni saqlash vazirligining alohida Hay`at yig`ilishida ko`rib chiqiladi.

Sharhlar

Samarqandda 8 sinf qiz chaqaloq dunyoga keltirdi

10.05.2024, 15:34

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Samarqandda maktabning 8 sinf o`quvchisi ona bo`lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma`lumot berdi. Aniqlanishicha, Samarqand viloyatidagi maktabning 8 sinf o`quvchisi, voyaga...
Samarqandda o`quvchi qizga shilqimlik qilgan o`qituvchi atiga 3 sutkaga qamaldi

06.05.2024, 15:23

Qayd etilishicha, 1997 yilda tug`ilgan yigit 24 yanvar kuni soat 11:30 larda o`zi ishlab kelayotgan Urgut tumanidagi maktabda dars o`tish jarayonida shu maktabning 11 sinfida...
Samarqandda 8 sinf qizni urib yuborgan haydovchi maktab o`quvchisi ekani aniqlandi

06.05.2024, 14:19

Samarqand shahrida 29 aprel kuni Cobalt mashinasi 15 yoshli o`quvchi qizni urib yuborgani, oqibatda qiz tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi.Soat 17:00...
Samarqandda haydovchidan pora so`ragan YPX xodimlari ishdan bo`shatildi

02.05.2024, 16:46

Samarqandda haydovchidan pora so`ragan YPX inspektorlari ichki ishlar organlari safidan bo`shatildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha, inspektor mashinani to`xtatgan va haydovchidan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1