1

O`zbekiston Prezidenti lavozimiga nomzod sifatida “Milliy tiklanish” partiyasidan Otamuratov Sarvar Sadullaevich ko`rsatildi

Jamiyat 17.09.2016, 09:46
Teglar: Sport, O`zbekiston, Rio–2016
O`zbekiston Prezidenti lavozimiga nomzod sifatida “Milliy tiklanish” partiyasidan Otamuratov Sarvar Sadullaevich ko`rsatildi

2016 yil 16 sentyabr kuni Toshkent shahrida O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining navbatdagi Plenumi bo`lib o`tdi.

Unda O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari a`zolari, partiya faollari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Plenumda 2016 yil 4 dekabr kuni bo`lib o`tadigan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining ishtiroki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod ko`rsatish taklifi hamda partiyaning navbatdagi S`ezdini chaqirish to`g`risidagi masalalar muhokama qilindi.

Plenumda e`tirof etilganidek, O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2016 yilning 9 sentyabridan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo`yicha saylov kampaniyasi boshlanganligi e`lon qilindi. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha asosiy tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Plenumda ta`kidlanganidek, O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Ustavida partiyaning O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo`lib o`tadigan saylovlarda ishtirok etishi belgilangan. 

Shundan kelib chiqqan holda Plenumda partiyaning O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishi to`g`risida qaror qabul qilindi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod ko`rsatish taklifi Plenum a`zolarining fikr-mulohazalari va takliflari asosida ko`rib chiqildi. Bu borada partiya tarafdorlari va faollari tomonidan qo`llab-quvvatlangan O`zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi, partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiya rahbari Otamuratov Sarvar Sadullaevich S`ezdda ko`rib chiqish uchun partiyadan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzod sifatida ma`qullandi.

Amaldagi saylov qonunchiligiga asosan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga partiya tomonidan nomzod ko`rsatish partiyaning oliy organi – S`ezdi tomonidan amalga oshiriladi. Shundan kelib chiqib, Plenumda joriy yil 15 oktyabr kuni partiyaning navbatdagi V S`ezdini chaqirish va bu masalani S`ezd muhokamasiga qo`yishga kelishib olindi.

Plenum so`ngida muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

“O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risida”gi Qonuniga asosan O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishiga ijozat olish uchun partiya tomonidan Markaziy saylov komissiyasiga belgilangan hujjatlar taqdim etiladi.

Sharhlar

O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinadi

23.05.2024, 18:44

Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...
O`zbekistonda yil oxirigacha 250-300 ming kishi mehnat migrasiyasidan qaytishi prognoz qilinyapti

10.05.2024, 15:14

Yig`ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel...
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi

06.05.2024, 13:48

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1