1

Ukrainaning iqtisodiy tiklanishi 411 mlrd dollarga tushadi

Dunyo 23.03.2023, 09:14
Ukrainaning iqtisodiy tiklanishi 411 mlrd dollarga tushadi

Hisob-kitoblarga ko`ra, Ukrainaning iqtisodiy tiklanishi uchun 411 milliard dollar kerak, deya yozmoqda Zamon.uz.

Bu Jahon banki, BMT, Evropa komissiyasi va ukrainalik ekspertlar tomonidan hisoblab chiqilgan Ukrainaning 2022 yilga mo`ljallangan yalpi ichki mahsulotidan 2,6 barobar ko`pdir. Xarajatlar sentyabr oyida taqdim etilgan 349 milliard evrolik smetadan sezilarli darajada oshgan.

Mablag`lar infratuzilma va binolarni ta`mirlash, hayotni normallashtirish va modernizasiya qilish uchun ishlatilishi kerak. Birinchi navbatda qo`llab-quvvatlashga muhtoj bo`lgan sohalar transport, uy-joy, energetika va qishloq xo`jaligidir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1