1

O`zbekistonlik bokschi Iqboljon Xoldorov meksikalik raqibi ustidan g`alaba qozondi (video)

Sport 16.04.2023, 16:24
O`zbekistonlik bokschi Iqboljon Xoldorov meksikalik raqibi ustidan g`alaba qozondi (video)

Bugun, 16 aprel kuni o`zbekistonlik professional bokschi Iqboljon Xoldorov Meksikada navbatdagi jangini o`tkazdi. Xoldorov mazkur jangni birinchi raundidayoq raqibi Eleazar Valenzuelani mag`lub qildi.

Referi Xoldorovning aniq zarbalaridan so`ng jangni to`xtatishga qaror qilgan.

Xoldorov professional boksdagi debyutini 2021 yilda Toshkent shahri mezbonlik qilgan boks oqshomida o`tkazgandi. Debyut jangida u tanzaniyalik Kulva Buahiriga qarshi ringga chiqib, g`alabaga erishgandi. 

Xoldorov shu vaqtga qadar profboksda umumiy 4 ta jang o`tkazib (3 ta nokaut), barcha to`qnashuvlarda g`alaba qozongan. Uning raqibi Valenzuela esa 56 ta jang o`tkazib, bahslarning 25 tasida zafar quchgan (19 ta nokaut). 25 jangda esa meksikalik sportchi mag`lubiyatga uchragan. Uning hisobida 6 ta durang natija mavjud.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1