1

"Ertaga nima bo`ladi, bilmayman. Bular tinch qo`yisharmikin..." Surxondaryolik maktab direktori yana qamab qo`yilgani aytilgach, vazir o`zi aloqaga chiqdi (video)

Jamiyat 04.08.2023, 11:17
Teglar: Video, Surxondaryo, direktor
"Ertaga nima bo`ladi, bilmayman. Bular tinch qo`yisharmikin..." Surxondaryolik maktab direktori yana qamab qo`yilgani aytilgach, vazir o`zi aloqaga chiqdi (video)

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Surxondaryo viloyati hokimi ishtirokida o`tkazilgan yig`ilishda Sariosiyodagi 29-maktab direktori Umida Tursunova bilan bog`liq holat keskin muhokamalarga sabab bo`ldi.

Unda direktor ayol nohaq ishdan bo`shatilganini aytib, qator nohaqliklarni gapirib tashlar ekan, “Miltiq bo`lsa otib tashlang” deya jonidan o`tib ketganini bildirgan. Videoda ayolni IIB xodimlari olib chiqib ketgani aks etgan. Shundan so`ng, direktorning qamab qo`yilgani haqida xabarlar tarqaldi. 

Shundan so`ng, Maktabgacha va maktab ta`limi vaziri Hilola Umarova munosabat bildirb, ayol qamoqdan ozod qilinganini, xavotirga o`rin yo`qligini ma`lum qildi.

Biroq bir muddat o`tib, ayolning yana o`z uyidan olib ketilgani haqida xabarlar tarqaldi. Vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida vazir Hilola Umarova kecha tunda direktor ayolning o`zi bilan bog`landi.

Suhbat jarayonida ayol ayni paytda uydaligi, 7 kun qamalgani, endi bundan keyingi hayoti qanday bo`lishidan xavotirda ekanini bildirgan. Vazir holat shaxsan nazoratga olinganini, keyingi hayotida hech qanday muammo bo`lmasligini aytib, pedagoglar davlat rahbari himoyasida ekanini aytgan. 

Sharhlar

Surxondaryoda aholi turar joyiga ayiq kelib qolgan

15.05.2024, 16:39

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida aholi turar joyiga ayiq kelib qolganligi haqida xabarlar tarqaldi. Xabar yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi ma`lumot berdi. 15...
Surxondaryoda 1 tonnadan ortiq iste`molga yaroqsiz go`sht aniqlandi

10.05.2024, 16:50

Surxondaryo viloyatida o`tkazilgan reydda iste`molga yaroqsiz 1015 kilogramm mol go`shti aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.Qayd etilishicha, “Darband” YPX maskanida Surxondaryo viloyati IIB Jamoat tartibini...
Surxondaryoda kuchli sel oqibatida 360 bosh qo`y nobud bo`ldi (video)

07.05.2024, 15:13

Surxandaryoda 3 kun davom etgan yog`ingarchilik sababli qo`ylar nobud bo`lgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha, Surxondaryo viloyatida 2024 yilning 29-30...
Surxondaryoda ikkita mashina o`rtasida avtohalokat sodir bo`ldi

06.05.2024, 16:59

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati xabar berdi.Holat 5 may kuni...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1