1

Surxondaryoda aholi turar joyiga ayiq kelib qolgan

Jamiyat 15.05.2024, 16:39
Teglar: Surxondaryo, ayiq
Surxondaryoda aholi turar joyiga ayiq kelib qolgan

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida aholi turar joyiga ayiq kelib qolganligi haqida xabarlar tarqaldi. Xabar yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi ma`lumot berdi. 

15 may kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi “Jannatmakon” MFY hududiga kutilmaganda ayiq kelib qolgan. Yirtqich hayvon aholi turar joylariga kirib, insonlar hayotiga xavf tug`dirgan. Ayiqni zararsizlantirish jarayonida yirtqich IIB xodimlaridan biriga tashlangan va jarohat etkazgan. Shu bilan birga, 74-sonli maktab hududiga kirgan. 

Holat kutilmaganda yuz bergani, ayiq tajovuzkor harakat qilgani va maktab o`quvchilari hayotiga xavf tug`dirganligi sababli tezkor chora ko`rish talab qilingan va yirtqich otib o`ldirilgan. Ayiq jarohat etkazgan IIB xodimi esa tibbiy tekshiruvdan o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Surxondaryoda 1 tonnadan ortiq iste`molga yaroqsiz go`sht aniqlandi

10.05.2024, 16:50

Surxondaryo viloyatida o`tkazilgan reydda iste`molga yaroqsiz 1015 kilogramm mol go`shti aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.Qayd etilishicha, “Darband” YPX maskanida Surxondaryo viloyati IIB Jamoat tartibini...
Surxondaryoda kuchli sel oqibatida 360 bosh qo`y nobud bo`ldi (video)

07.05.2024, 15:13

Surxandaryoda 3 kun davom etgan yog`ingarchilik sababli qo`ylar nobud bo`lgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha, Surxondaryo viloyatida 2024 yilning 29-30...
Surxondaryoda ikkita mashina o`rtasida avtohalokat sodir bo`ldi

06.05.2024, 16:59

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati xabar berdi.Holat 5 may kuni...
Surxondaryoda Agrobank boshlig`i avtohalokatga uchradi

29.04.2024, 17:16

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida Agrobank boshlig`i bankka olingan yangi Onix avtomobilini mast holda boshqarib, "avariya"ga uchragani to`g`risida xabar tarqaldi. Holat bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi.Ma`lum bo`lishicha, bankning Oltinsoy filiali...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1