1

Rossiyalik ayol omadsiz plastik jarrohlik tufayli o`zi va 8 yoshli o`g`lining joniga qasd qildi

Dunyo 21.10.2016, 12:31
Teglar: Fojia, Rossiya, Ona va bola
Rossiyalik ayol  omadsiz plastik jarrohlik tufayli o`zi va 8 yoshli o`g`lining joniga qasd qildi

Rossiyaning Omsk shahrida dahshatli hodisa yuz berdi. 33 yoshli Anna o`z joniga qasd qildi. U o`zi bilan birga 8 yoshli o`g`lining ham o`limiga sabab bo`ldi. Bu haqda “Cosmo.ru” xabar bermoqda.  

Anna ko`p qavatli uyning 9 qavatidan qo`lida uxlayotgan 8 yoshli o`g`li bilan birga sakragan. 

Annaning tanishlari hozirga qadar yuz bergan hodisadan o`ziga kelolmayapti. Marhumaning hayoti xavas qilgulik darajada edi: Uning sevimli turmush o`rtog`i, farzandi bor edi. Biroq, keyinchalik ma`lum bo`lishicha, er-xotinlarning munosabatlari so`nggi paytlarda sovigan edi. Ular 2 yildan beri alohida yashayotgan edi. Bu yil ajrashishga qaror qilishgan edi. 

Omsk viloyati tergov boshqarmasining ma`lumot berishicha, Anna o`z joniga qasd qilishi sabablarini yozib, xat qoldirgan. U eri bilan ajrashish jarayonini boshdan kechirayotgan edi. 

Anna bundan avval ham bir necha marta joniga qasd qilishga uringan. Bunga sabab esa burnini to`g`irlash bo`yicha omadsiz o`tkazilgan jarrohlik amaliyoti bo`lgan. O`shanda uni na ota-onasi, na eri, bir so`z bilan aytganda hech kim qo`llab-quvvatlamagan edi. Aksincha, ular vaziyatni yanada chuqurlashtirishdi. Annani psixonevrologik dispanserdan ro`yxatdan o`tishga majburlashdi. 

 “Annani o`z joniga qasd qilish darajasigacha olib borishdi. Shunga majbur qilishdi”,—deydi marhumaning dugonasi. 

Anna biroz avval onalik huquqidan mahrum etilgan edi. Mazkur holat ham unga qattiq ta`sir ko`rsatgan. O`limidan oldin yozgan xatida u barcha yaqinlariga murojaat qildi va “Mana shu dard bilan yashang!” degan alamli ta`nani yozib qoldirdi.

Sharhlar

Turkmanistonliklarga O`zbekiston orqali Rossiyaga borish taqiqlanmoqda

15.05.2024, 13:53

O`zbekiston orqali Rossiyaga ketayotgan Turkmaniston fuqarolari “Toshhovuz” nazorat-o`tkazish punktidan hech qanday sabablarsiz orqaga qaytarilmoqda. Bu haqda “Turkmen news” xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha, Turkmaniston fuqarolarini turkman chegarachilari...
Prezident Rossiyaga etib bordi

08.05.2024, 17:04

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 8 may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. “Vnukovo” xalqaro aeroportida davlatimiz...
AQSh Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo`llaganlikda aybladi

02.05.2024, 15:35

AQSh Davlat departamenti tomonidan e`lon qilingan bayonotga ko`ra, Rossiya qo`shinlari ukrainalik askarlarga qarshi xloropikrin zaharli moddasidan foydalangan. Bu haqda SNN xabar berdi. Vashingtonning fikricha, Moskva kimyoviy qurollardan...
Rossiya Eronga 24ta qiruvchi samolyot bermoqchi

21.04.2024, 17:45

Kelgusi haftada Rossiya Eronga 24 ta Su-35 qiruvchi samolyotini topshiradi. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri ma`lum qilgandi. Eronning bir qator OAVlarining xabar berishicha, Rossiya...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1