1

Samvel Babayan: Iordaniya biz uchun yaxshi raqib bo`ldi

Sport 11.11.2016, 08:45
Teglar: Futbol, Sport
Samvel Babayan: Iordaniya biz uchun yaxshi raqib bo`ldi

O`zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Iordaniyaga qarshi (1:0) kechgan o`rtoqlik uchrashuvidan so`ng uyushtirilgan matbuot anjumanida o`yin borasidagi fikrlari bilan o`rtoqlashib, jurnalistlar savollariga javob berdi.

“Kuchli va munosib raqibga qarshi yaxshi o`yinni o`tkazdik. Janubiy Koreyaga qarshi o`yindan oldin bosh repetisiya bo`ldi. Afsuski, Bikmaev va Haydarov o`zini yaxshi his qilmagani bois, optimal tarkibda o`ynolmadik. Haydarov maydonga tushdi, Bikmaev esa tusholmadi. Umuman olganda, bu o`yinda turli taktik sxemalarni amalga tadbiq qilib ko`rdik.

Afonin katta tanaffusdan so`ng terma jamoaga qaytdi. Yaxshi o`ynadi, yangi jamoadoshlar, yangi talablar bo`lgani uchun unga biroz qiyin bo`lganiga qaramay, bugun o`zini yaxshi tomondan namoyish qila oldi. Uni Rossiyadagi o`yinlarini ham kuzatib boryapmiz, yaxshi mavsumni o`tkazmoqda.

Ba`zi futbolchilar jarohat olgani bois, Shukurovni boshqa nuqtada o`ynatib ko`rdim. U - universal futbolchi.Istalgan joyda o`ynay oladi.Ko`rsatmalarni og`ishmay bajara oladigan intizomli futbolchi. Kelajagi porloq, deb bilaman va terma jamoaga katta foyda keltiradi degan umiddaman.

Bu o`yinda Janubiy Koreyaga qarshi qo`llanadigan o`yin taktikasini sinovdan o`tkazdik, hammasini oldindan, daqiqama-daqiqa rejalashtirgandik.

Osiyoda kuchsiz jamoa qolmaganiga bugungi o`yin ham misol bo`la oladi. Iordaniya biz uchun yaxshi raqib bo`ldi” - deydi Samvel Babayan.

Sharhlar

O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinadi

23.05.2024, 18:44

Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...
Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Futbol bo`yicha 2026 yilgi jahon chempionati formati tasdiqlanmoqda

15.03.2023, 11:00

FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...
Italiya futboli yulduzlari Toshkentga keladi

07.05.2022, 09:03

Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...
“Lokomotiv” bosh murabbiyi Sekeyra: “Bu tizim bilan O`zbekiston MTJ hech qachon jahon chempionatiga bormaydi”

23.10.2021, 22:16

Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1