Toshkentda bolalar va o`smirlar futbol murabbiylari uchun FIFA xalqaro o`quv kurslari o`tkazildi. 7 noyabrda boshlangan ushbu o`quv dasturi 11 noyabr kuni yakunlandi. Unda Respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan 30 nafar bolalar va o`smirlar futboli murabbiylari ishtirok etdi, deb xabar beradi O`FF matbuot xizmati.
Seminarlarni FIFA va OFK instruktori Usmon Toshev o`tkazdi. Unga O`FF bolalar, o`smirlar va ommaviy futbol bo`limi boshlig`i Shavkat Imomov yordam berdi.
Seminar qatnashchilari o`quv kurslari davomida FIFA taqdimotlari bilan tanishdilar va har bir taqdimotdan keyin muhokama va debatlar o`tkazildi.
O`quv dasturi nazariy va amaliy mashg`ulotlarni o`z ichiga kiritdi. Dastur yakunida bolalar uchun futbol festivali tashkil etildi.
2008 va 2006 yillarda tavallud topgan 200dan ortiq bolalar va qizlar ushbu festival O`FF sun`iy qoplamali maydonida o`tkazildi.
23.05.2024, 18:44
Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...16.05.2024, 13:28
Toshkentda metropoliten xodimi pora bilan ushlandi. U fuqaroning ishonchiga kirib, uni ishga joylab qo`yishni va`da qilgan. Bu haqda Toshkent metropoliteni matbuot xizmati xabar berdi. Ma`lum qilinishicha,...14.05.2024, 14:15
Joriy yilning 13 may kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tuman sudida ko`chada ayolga shilqimlik qilgan yigit bo`yicha ish ko`rib chiqildi. Bu haqda darakchi.uz...10.05.2024, 15:14
Yig`ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel...