1

AQSh olimlari tomonidan mitti sun`iy yurak yaratildi

Salomatlik 01.02.2024, 12:22
AQSh olimlari tomonidan mitti sun`iy yurak yaratildi

AQShning Los-Anjeles shahrida joylashgan Cidars-Sinay tibbiyot markazi olimlari inson yuragi funksiyalarini bajara oladigan maxsus chip yaratdi. Ushbu nanotexnologiya turli kasalliklarni davolashda qo`llanilishi mumkin.

Xususan, mitti qurilma saraton muolajasiga doir tadqiqot va sinovlarda juda foydali. Ya`ni u yurak faoliyatini batafsil o`rganish hamda kasallik paytidagi holatini tekshirish ikonini beradi.  

Qolaversa, endi yangi dorilar, ayniqsa yurak-qon tomir xastaliklariga qarshi preparatlar va ilg`or muolaja usullari tajriba jonivorlarida emas, shu "chip-yurak"da sinab ko`rilishi ko`zda tutilgan.  

Moslama konstruksiyasi uchun induksiyalangan pluripotent ildiz hujayralari, ya`ni tiklanuvchi to`qimalardan foydalanilgan. Ularning bir qismi mushak to`qimalari, qolgan qismi esa qon tomirlarini hosil qiladi.

Jumladan, mushak to`qimalari xuddi inson yuragi singari bir daqiqa ichida 60 marta urish chastotasida qisqaradi va haftalab to`xtovsiz ishlay oladi.

Tadqiqotchilar fikricha, mazkur chip hozircha haqiqiy yurak o`rnini bosa olmasa-da, undan tibbiy amaliyotda "tajriba sichqon"lari sifatida foydalanish samarali.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1