1

Yuqori qon bosimida yuradigan bemorlar uchun 9 ta tavsiya

Salomatlik 04.02.2024, 09:59
Yuqori qon bosimida yuradigan bemorlar uchun 9 ta tavsiya

Yuqori qon bosimi, ya`ni gipertoniya bugun aholi o`rtasida eng ko`p tarqalgan yurak-qon tomir kasalliklaridan biri hisoblanadi. Uni vaqtida davolamaslik yurak ishemik kasalligi, infarkt, insult, yurak etishmovichiligi kabi jiddiy xastaliklarga olib kelishi mumkin. 

Sog`liqni saqlash vazirligi gipertoniya profilaktikasi uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilishni so`ramoqda:

1. To`g`ri ovqatlaning. Qizil go`sht, hayvon yog`lari, tuz iste`molini kamaytiring, ko`proq meva va sabzavotlar, baliq, yong`oqlar, yog`siz sut mahsulotlarini tannovul qiling.  

 2. Qahva ichishni kamaytiring. Kofein qon bosimini birdaniga oshirib yuborishi mumkin. Shuning uchun uning iste`molini kamaytirgan ma`qul.  

3. Alkogol ichimliklarni iste`mol qilish, tamaki chekish kabi zararli odatlardan voz keching.  

4. Muntazam jismoniy mashqlarni bajarib turing. Engil sport turlari, piyoda yurish, velosiped uchish, suzish arterial qon bosimini tushirishga yordam beradi.  

5. Vazningizni nazorat qiling. Ortiqcha vazn gipertoniya rivojlanishi xavfini oshiradi.  

6. Stressli vaziyatlardan qoching. Meditasiya va yoga bilan shug`ullanish stress hissini kamaytirishning samarali usullaridan hisoblanadi.

7. Uyqu rejimiga amal qiling. Gipertoniyaga chalingan bemorga kuniga kamida 8-9 soat uxlash tavsiya etiladi.  

8. Dorilarni o`z vaqtida qabul qiling. Agar shifokor sizga qon bosimini tushirish uchun dorilar yozib bergan bo`lsa, ularni o`z vaqtida qabul qilishni unutmang.

 9. Davriy shifokor ko`rigidan o`tib turing. Bu organizmdagi salbiy o`zgarishlarni vaqtida aniqlash va tezkor choralarni ko`rish imkonini beradi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1