1

Poytaxtda ijara narxi pasaygan

Iqtisodiyot 13.03.2024, 17:46
Poytaxtda ijara narxi pasaygan

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi o`zining sharhida ko`chmas mulk bozorida yuz bergan o`zgarishlarni muntazam tahlil qilib boradi.

Ko`rib chiqilayotgan davrda ko`chmas mulkni sotib olish va sotish bo`yicha 22,2 mingta shartnoma tuzildi. O`tgan oyga nisbatan bu ko`rsatkich 2%ga oshdi.

Toshkentda uy-joy ijarasi bozorida narxlarning pasayishi kuzatildi. Fevral oyida ijara narxi 1,1%ga pasayib, 1 kv.m. uchun 8,9 dollarni tashkil etdi.

Yillik hisobda ijara haqining eng ko`p pasayishi Olmazor, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida 13%dan 18%gacha qayd etildi.

Fevral oyida ikkilamchi uy-joy bozori 0,8%ga o`sdi. Yillik hisobda ikkilamchi bozordagi narxlar 14,1%ga oshdi.

Toshkentda ikkilamchi uy-joy bozori yil davomida 17,3%ga o`sdi.  

Toshkentda ikkilamchi uy-joylarning o`rtacha narxi bir oy davomida 1,6%ga oshib,  bir kv.m. uchun 1140 dollarni tashkil etdi.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1