Xorazm viloyati hokimi Jo`rabek Rahimov WBA chempioni Isroil Madrimovni ikki xonali uy bilan taqdirladi. Bu haqda O`zbekiston professional boks federasiyasi xabar qildi.
Avvalroq bokschiga Tahoe avtomobili sovg`a qilingan edi.
Eslatib o`tamiz, Isroil Madrimov so`nggi jangida rossiyalik Magomed Kurbanovni nokautga uchratib, WBA kamarini qo`lga kiritgandi.