1

O`zbekistonlik sportchilar Parij-2024 Olimpiya o`yinlariga 36-lisenziyani qo`lga kiritdi

Sport 22.04.2024, 23:27
O`zbekistonlik sportchilar Parij-2024 Olimpiya o`yinlariga 36-lisenziyani qo`lga kiritdi

Xalqaro gimnastika federasiyasi sport gimnastikasi bo`yicha Jahon kubogi bosqichlarining yakuniga ko`ra Parij-2024 yozgi Olimpiya o`yinlariga yo`llanma olgan atletlar nomini e`lon qildi. Unga ko`ra, o`zbekistonlik Rasuljon Abdurahimov parallel brus yo`nalishidagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali faoliyatidagi ikkinchi Olimpiya o`yinlarida ishtirok etish huquqini qo`lga kiritdi.

Sport gimnastikasida yana bir Parij-2024 lisenziyasi naqd qilindi

Xalqaro gimnastika federasiyasi sport gimnastikasi bo`yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o`yinlariga yo`llanma olgan atletlar jadvalini yangiladi. Unga ko`ra, 2023 yil Belgiyaning Antverpen shahrida o`tgan jahon chempionatining ko`pkurash dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Habibullo Ergashev ham bo`lajak Olimpiada ishtirokchilari qatoriga qo`shildi. Saralash musobaqalari yakunida fransiyalik atlet ham kvalifikasiyadan o`tdi. Shu bois, mezbonlar uchun ajratilgan kvota jahon chempionati orqali yo`llanma ololmagan sportchilar orasida eng yaxshi natija ko`rsatib turgan Habibullo Ergashevga nasib etdi.

Shu tariqa, o`zbekistonlik yigitlar sport gimnastikasi bo`yicha ilk bor Olimpiya o`yinlariga ikkita yo`llanmani qo`lga kiritdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1