1

Prezident Shinjon-Uyg`ur Xalq hukumati raisini qabul qildi

Jamiyat 28.03.2024, 21:03
Prezident Shinjon-Uyg`ur Xalq hukumati raisini qabul qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 28 mart kuni Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg`ur avtonom rayoni Xalq hukumati raisi Erkin Tuniyaz boshchiligidagi delegasiyasini qabul qildi.

O`zbekiston va Xitoyning ko`p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish, shu jumladan O`zbekiston hududlari va ShUAR o`rtasidagi amaliy aloqalarni rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari ko`rib chiqildi.

O`zbekiston-Xitoy do`stlik va barcha sharoitda strategik sheriklik munosabatlaridagi bugungi yuksak daraja katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

O`zbekistonning Shinjon-Uyg`ur avtonom rayoni bilan tovar ayirboshlashi oshmoqda – bugungi kunda mamlakatlarimiz o`zaro savdosining qariyb 10 foizi shu hududga to`g`ri keladi.

ShUARning etakchi kompaniyalari bilan hamkorlikdagi investisiya loyihalari portfeli 3,5 milliard dollarni tashkil etib, bugungi kunda “yashil” energetika va elektrotexnika, qurilish tarmog`i va yangi turdagi qurilish materiallarini ishlab chiqarish, metallurgiya, infratuzilmani modernizasiya qilish va boshqa yo`nalishlarni qamrab oladi.

Madaniy almashinuvlar dasturi faol amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari ShUAR bilan o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish va qo`shma loyihalarni jadallashtirish muhimligini ta`kidladi. Innovasion texnologiyalar, qishloq va suv xo`jaligi, transport va logistika, bank-moliya sohasi, ta`lim, an`anaviy tibbiyot kabi bir qator ustuvor yo`nalishlar ko`rsatib o`tildi.

O`zbekiston har yili Urumchi shahrida o`tkazib kelinayotgan “Ekspo Xitoy-Evroosiyo” bosh ko`rgazmasida faol ishtirok etishi qayd etildi.

Uchrashuvda gumanitar va turizm aloqalarini rivojlantirish masalalari ham atroflicha muhokama qilindi.

“O`zbekiston-Qirg`iziston-Xitoy” temir yo`lini qurish loyihasini ilgari surishga alohida e`tibor qaratildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1