Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vaziri buyrug`i bilan Abdusamad Abdukarimov Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi boshlig`i etib tayinlandi. Bu haqda O`zA yozmoqda.
Bundan avval ushbu lavozimda Baxodirjon Qahhorov ishlab kelayotgan edi. Abdusamad Abdukarimov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar vazirlikning Yuridik bo`limi boshlig`i lavozimida faoliyat olib borgan.