1

Falaj bemorlar fikrlarini matnga aylantiruvchi implant yaratildi

Salomatlik 01.04.2024, 17:59
Falaj bemorlar fikrlarini matnga aylantiruvchi implant yaratildi

AQShning Stenford universiteti olimlari Govard Xyuz tibbiyot instituti tadqiqotchilari bilan birgalikda falaj insonlar fikrlarini to`g`ridan-to`g`ri matnga aylantirib beruvchi miya implantini yaratdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu neyrodekoder yonlama amiotrofik skleroz kasalligiga chalingan bemorlarning bosh miya po`stlog`iga o`rnatiladi. Shundan so`ng innovasion sensorlar yordamida inson fikrlari monitorda matn formatida namoyon bo`ladi. 

Mazkur nanotexnologiyaning fikrni dekodlash samaradorligi va aniqligi 94 foizga teng. Bu esa mazkur toifadagi bemorlarga bir daqiqa ichida 62 so`zni ifodalash imkonini beradi.

“Garchi yangi tizim hozircha kundalik foydalanish uchun to`liq tayyor bo`lmasa-da, u falaj insonlar bilan muloqot qilish bobida katta muvaffaqiyat sifatida e`tirof etilmoqda”.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1