1

O`zbekistonda uy qamog`idagi mahkumlarga elektron braslet taqiladi

Jamiyat 01.04.2024, 22:54
O`zbekistonda uy qamog`idagi mahkumlarga elektron braslet taqiladi

Muhokamalar portaliga "Uy qamog`i ehtiyot chorasi va ozodlikni cheklash jazosi qo`llanilgan shaxslarni masofaviy nazorat qilish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida"gi hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.

Unda ko`ra, IIVning Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan elektron brasletlarni joriy etish taklif qilinmoqda.

Barcha hududlarda sinovdan muvaffaqiyatli o`tkazilgan ushbu amaliyotni quyidagi tartibda bosqichma-bosqich joriy etish taklif etilmoqda:

• 1 maydan – Andijon, Farg`ona va Namangan viloyatlarida;

• 1 iyundan – Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida;

• 1 avgustdan – Jizzax, Navoiy va Buxoro viloyatlarida;

• 1 oktyabrdan – Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida;

• 1 dekabrdan – Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida.

Elektron bilaguzukni oyoqqa taqish mumkin bo`lmagan hollarda, bilagiga elektron bilaguzuk taqishga ruxsat beriladi. 

Bilaguzuklar Huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini rivojlantirish jamg`armasi mablag`lari, ozodlikni cheklash jazosini o`tayotgan shaxslar uchun esa Probasiya xizmatini rivojlantirish jamg`armasi tomonidan sotib olinadi. 

Loyiha muhokamasi 11 aprelga qadar davom etadi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1