1

Zelenskiy NATO davlatlarini Ukrainani ham Isroildek himoya qilishga chaqirdi

Dunyo 16.04.2024, 16:04
Zelenskiy NATO davlatlarini Ukrainani ham Isroildek himoya qilishga chaqirdi

Ukraina Prezidentining ta`kidlashicha, etarlicha samarali havo mudofaasi Ukraina energetika infratuzilmasining muhim ob`ektlarini hujumlardan himoya qila oladi, biroq Rossiya hujumlarining intensivligi yanada birdamlik bilan harakat qilishni talab qiladi. Bu haqda u o`zining ijtimoiy tarmoqlarida ma`lum qilgan.

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Ukrainaga Rossiya havo hujumlarini qaytarishda yordam berish “mojaroning kuchayishiga olib kelishini” bildirdi.

“Isroilni himoya qilish orqali erkin dunyo bunday birlik nafaqat mumkin, balki 100 foiz samarali ekanini namoyish etdi. Ittifoqchilarning qat`iy harakatlari terrorning muvaffaqiyati va infratuzilmani yo`qotishning oldini oldi. Isroil kabi NATO a`zosi bo`lmagan Ukrainani terrordan himoya qilishda ham shunday bo`lishi mumkin. Bu esa 5-moddani faollashtirishni talab qilmaydi, faqat siyosiy iroda etarli”, deya yozgan Zelenskiy.

“Agar biz butun Evropa bo`ylab tarqalayotgan urushning oldini olishni istasak, menimcha, Rossiya va NATO o`rtasidagi to`g`ridan-to`g`ri harbiy to`qnashuvdan qochishimiz kerak", — deya izohlaydi Devid Kemeron Britaniyaning LBC radiosiga bergan intervyusida. 

AQSh Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo`yicha koordinatori Jon Kirbi ham NATO davlatlari Eron raketalarini urib tushirganini, biroq Rossiya raketalariga qarshi bunday harakatlar sodir bo`lmasligini ma`lum qildi.

"Turli mojarolar, turli havo kengliklari, turli tahdidlar manzarasi. Prezident Jo Bayden Ukrainadagi urushning boshidanoq Qo`shma Shtatlar unda “jangovar rolda” qo`shilishni niyat qilmaganini ochiq aytgan edi", — deya ta`kidladi Kirbi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1