1

Yunusobodda daraxt qo`porgan niqobli huquqbuzarlarning shaxsi to`liq aniqlandi

Jinoyat 18.04.2024, 14:49
Yunusobodda daraxt qo`porgan niqobli huquqbuzarlarning shaxsi to`liq aniqlandi

Avval xabar berganimizdek, 15 aprel kuni no`malum shaxslar yuzlariga niqob taqqan holda Toshkent shahrining Yunusobod tumanining 8-mavzesida maxsus qurilish texnikasidan foydalanib, ko`p qavatli aholi yashash hududida ko`p yillik daraxtlarni qasddan nobud qilganliklari bo`yicha xabarlar tarqalgandi. 

Yunusobodda daraxt ko`porgan niqobli huquqbuzarlarning shaxsi to`liq aniqlandi. Holat bo`yicha Bosh prokuratura izoh berdi.

Prokuratura organlari tomonidan mazkur xabar asosida tekshirish o`tkazilmoqda.

Hozirda huquqbuzarlarning shaxsi to`liq aniqlanib, tegishli prosessual chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Nazorat tadbiri davomida daraxtlarni nobud qilgan shaxslar va hududda qurilish ishlari amalga oshirishni rejalashtirgan xo`jalik yurituvchi sub`ektlar mansabdor shaxslarining hatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi ta`minlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1