1

Farg`onalik qarzdorning "TOYOTA"si auksionda sotildi

Jamiyat 19.04.2024, 08:05
Farg`onalik qarzdorning "TOYOTA"si auksionda sotildi

Farg`onadagi  "M. C. I." MChJdan davlat foydasiga 5.193.981.350 so`m davlat bojini undirish to`g`risidagi sud qarorining ijro hujjati O`zbekiston tuman MIB bo`limi tomonidan amalga oshirilmoqda. 

Qarzdor bir necha bor ogohlantirilgan bo`lsada, qarzini to`lamagan. Natijada unga tegishli "TOYOTA LANDCRUISER"  rusumli avtotransport vositasi xatlangan.

Mashinaning dastlabki bahosi  148 mln so`m qiymatda onlayn auksion savdosiga chiqarilgan va auksion savdolarida 226 mln so`mga sotildi.

"M. C. I." MChJ ning qolgan mulklari ham sotilish arafasida. Auksiondan tushgan mablag`lar qarzdorlikni qoplash uchun yo`naltirilishi yuzasidan ijro harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1