Ijtimoiy tarmoqlarda kecha "Xumo Arena"da berilgan "Macan" konsertiga sotilgan bilet soxta ekanligi aytilgan videolar tarqaldi.
Milliy gvardiyaning holat bo`yicha izohiga ko`ra, kecha “Xumo arena” saroyida xonanda “Masan”ning konsertiga kirishdagi chiptalar tekshiruvi jarayoni “Iticket” xodimlari tomonidan maxsus skaner qurilmasining “QR-kod”i orqali tekshirilib kiritilgan. Ammo ba`zi bir fuqarolar qurilmani aldashga uringan va avval saroyga kirib bo`lgan tanishlarining chiptalari bilan takroran kirishga urinishgan.
- O`z-o`zidan ma`lumki, bunday chiptalarga ega bo`lgan fuqarolar nazorat o`tish joyidan ichkariga qo`yilmagan. Milliy gvardiya va ichki ishlar xodimlari tomonidan ushbu fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borilgan va jamoat tartibi saqlangan, deyiladi bayonotda.