1

Britaniyalik milliarder noldan boy bo`lishga urinib, sharmanda bo`ldi

Dunyo 24.04.2024, 21:46
Teglar: Britaniya, milliarder, sosial ekspriment
Britaniyalik milliarder noldan boy bo`lishga urinib, sharmanda bo`ldi

Aslida millioner bo`lgan britaniyalik Mayk Blek bu darajaga istalgan odam chiqa olishi mumkinlgini isbotlash maqsadida You Tube platformasida sosial ekspriment boshlagandi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.

U o`z uyidan, mashina va barcha boyliklaridan voz kechib bir tiyinsiz bir yil davomida 1 mln dollar ishlab topishni maqsad qilgandi.

Ammo 10 oy davomida u sog`lig`ini yo`qotib, chuqur depressiyaga tushgan holda bu muddatda jami 64 ming dollar ishlab topdi. Shundan so`ng u loyiha muvaffaqiyatsizlikka uchraganini, u istalgan odam bir yilda 1 million dollar ishlab topishining imkoni yo`qligini tan olib, loyihani to`xtatishga majbur bo`lganini ma`lum qildi.

Uning davolanishiga ishlab topganidan ko`proq mablag` ketishi aytilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1