1

Evropa Ligasi. Odil Ahmedov “Karsnodar”i o`z uyida ochko yo`qotdi

Sport 25.11.2016, 08:42
Teglar: Futbol, Sport
Evropa Ligasi. Odil Ahmedov “Karsnodar”i o`z uyida ochko yo`qotdi

Evropa Ligasi turnirining guruh bosqichi 5-turida “Krasnodar” jamoasi o`z maydonida “Red Bull” futbolchilari bilan kuch sinashdi.

O`zbekiston terma jamoasi sardori to`p tepayotgan “Krasnodar” 1:1 hisobida durang o`ynashiga qaramay, pley-off bosqichiga yo`llanma oldi.

E`tiborlisi, hamyurtimiz mazkur o`yinda 90 daqiqa to`liq harakat qildi.

“Krasnodar” (Rossiya) – “Red Bull” (Avstriya) 1:1 (0:1, 1:0)

Gollar: 0:1 – 37 Dabur, 1:1 – 85 Smolov.

“Krasnodar” – Krisyuk, Kaleshin, Naldo, Grankvist, Torbinskiy, Kuassi (Gazinskiy, 46), Kabore, Ahmedov, Pereyra (Laborde, 58), Joaozino (Izmaylov, 74), Smolov.

“Red Bull” – Valke, Uizdom, Upamekano, Paulo Miranda, Ulmer, Samasseku, Radoshevich, Lazaro, Berisha (Shlager, 88), Gulbrandsen (Xvan Xi Chxan, 73), Dabur.

Ogohlantirishlar: Berisha (42), Kaleshin (57), Laborde (76).

Sharhlar

O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinadi

23.05.2024, 18:44

Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...
Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Futbol bo`yicha 2026 yilgi jahon chempionati formati tasdiqlanmoqda

15.03.2023, 11:00

FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...
Italiya futboli yulduzlari Toshkentga keladi

07.05.2022, 09:03

Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...
“Lokomotiv” bosh murabbiyi Sekeyra: “Bu tizim bilan O`zbekiston MTJ hech qachon jahon chempionatiga bormaydi”

23.10.2021, 22:16

Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1