1

Onkologik va gematologik bilan xastalangan bolalarni sog`lomlashtirishga ko`maklashiladi

Jamiyat 23.05.2024, 19:49
Onkologik va gematologik bilan xastalangan bolalarni sog`lomlashtirishga ko`maklashiladi

“Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam ko`rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Qarori (PQ-183-son, 21.05.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, quyidagilar bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi  sohasini rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilandi, jumladan:

2030 yilgacha onkologik kasalliklarga chalingan bolalarning omon qolish darajasini 60 foizga  oshirish;

gemopoetik o`zak hujayralari va suyak ko`migi hujayralarini transplantasiya qilishni  rivojlantirish;

bemor bolalarni zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan uzluksiz ta`minlash.

 Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazini Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

 (Markaz) etib qayta nomlandi.

Markaz huzurida Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sog`lomlashtirishga ko`maklashish jamg`armasi tashkil etildi.

2024 yil 1 iyuldan  onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan 18 yoshdan 21 yoshgacha bo`lgan(21 yosh ham kiradi) bemorlar belgilangan tibbiyot markazlarining bolalar gematologiyasi va onkologiyasi bo`limlarida, shuningdek, ular voyaga etgunlariga qadar ushbu kasallik bo`yicha tibbiy yordam ko`rsatgan boshqa tibbiyot tashkilotlarida bepul davolanishni davom ettiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1