Aktrisa Zarina Nizomiddinova otasi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Shahboz Nizomiddinovni xotirlab, Instagram`dagi sahifasida otasi bilan birga ijro etgan birinchi va yagona roli haqida so`zlab berdi.
“ ‘Dada, ana qarang, komission do`kon,
Bizga olib bering magnitofon’. ‘Karate-karate’-1990 yillarning eng xit qo`shiqlaridan. Bu qo`shiq katta opam Mohinur hamda akam Shohruh tomonlaridan ijro etilgan.
Rasmni pastki qismida men, bundan kelib chiqib aytish mumkinki birinchi rolimni shu klipda ijro etgan ekanman.
Dadam hayotliklarida klipda ham, kinoda ham birga suratga tushish nasib etmadi. Ammo, e`tibor berib qarasam, ijodimni aynan dadajonim bilan mana shu klipdan boshlagan ekanman. Inson har bir ishni boshlashdan oldin birinchi o`rinda Allohning, so`ngra ota-onaning ko`magi juda katta yordam beradi, o`sha damda otajonimning qo`llab-quvvatlaganlari shu kungacha yordam berib kelyapti. Otajonim joyingiz jannatdan bo`lsin. Doim qalbimizda, yuragimizdasiz”,—deb yozadi Zarina Nizomiddinova.
Eslatib o`tamiz, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Shahboz Nizomiddinov 2015 yil 23 aprel kuni vafot etgan edi.
16.12.2019, 11:35
Toshkentdayigit va qiz o`rtasida rashk sababli kelib chiqqan janjal oqibatida qiz sevgilini pichoqladi. Yigit esa baxtli tasodif bilan omon qolgan. Bu haqda «Zamon» axborot dasturida...14.12.2019, 20:26
Koson tumanidagi 6-umumiy o`rta ta`lim maktabining 11-sinf o`quvchisi N.B. 4 dekabr, chorshanba kuni o`z joniga qasd qilish holatlari bilan vafot etgani haqida xabar bergan edik....06.11.2019, 12:06
Zoxirshoh Jo`raev "Milliy" telekanalining "Nishondasiz" ko`rsatuvida ishtirok etib, oilaviy mish-mishlarga nuqta qo`ydi...Ko`rsatuv davomida boshlovchi Zoxirshohdan Botir Qodirov Sherali Jo`raevning farzandi ekani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritishini...14.08.2017, 12:34
Aktrisa Sitora Alimjonova 8 avgust kuni turmushga chiqdi. Uning to`yi Tailandning Pxuket orolida bo`lib o`tdi.Sitora o`z intervyularida turmush o`rtog`ining 27 yoshda ekanligini va u tadbirkorlik...