1

​Turkiya hukumati 139 nafar amaldorni qamash uchun order berdi

Dunyo 24.05.2017, 15:23
Teglar: Jazo, Turkiya
​Turkiya hukumati 139 nafar amaldorni qamash uchun order berdi

Turkiya hukumati 139 nafar amaldorni qamash uchun order berdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Ularning hammasi 2016 yilning iyul oyida bo`lib o`tgan davlat to`ntarishida ayblangan oppozisioner Fetxulla Gyulen bilan hamkorlikda ayblanmoqda. Anqara shahar kengashining 139 nafar amaldoridan 60 nafarini, taraqqiyot vazirligining 30 nafar amaldorini, maorif vazirligining bir necha xodimlarini qamashga order berildi.

12 may kuni Turkiya polisiyasi Gyulen bilan aloqada ayblangan, fitnadan keyin ishdan bo`shab ketgan Istambul fond birjasining 53 nafar sobiq xodimini qamoqqa olgan edi. Anqara AQShda istiqomat qilayotgan Gyulenni 2016 yilning 15 iyulida ro`y bergan davlat to`ntarishiga harakatda ayblamoqda, ammo buni Gyulen tan olmadi. Fitna oqibatida 230 kishi halok bo`ldi, 2,1 ming nafar odam jabrlandi. Mazkur hodisadan keyin mamlakatda hukumat organlari — maxsus xizmat, sud, armiya, maorif muassasalari ommaviy tarzda tozalandi. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, ayni paytda 150 ming kishi tergov qilinmoqda, 145 ming kishi esa jinoyatchilikda gumon qilinmoqda, 49 ming kishi esa hibsda saqlanmoqda.

Sharhlar

Samarqandlik firibgar Istanbulda ushlandi

08.05.2024, 12:20

1979 yilda Samarqand viloyatida tug`ilgan  Raximov Ozod Sadulloevich Istanbul shahrining Fatix tumanida qo`lga olindi. U  u firibgarlik va odam savdosi bilan shug`ullanganlikda ayblanmoqda.Bu haqida Bosh...
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini uzdi

03.05.2024, 14:22

Turkiya Isroil bilan savdo aloqalarini to`xtatdi. Bu haqda Bloomberg agentligi ikki turk rasmiysiga asoslanib xabar bermoqda.Ularga ko`ra, 2 maydan boshlab Anqara yahudiy davlatiga barcha eksport va...
Endi Turkiyani suv bosmoqda (video)

01.05.2024, 16:06

Mamlakat poytaxtida yoqqan kuchli yomg`ir sabab Anqara ko`chalarini suv bosdi. Bu haqda TRT haber ma`lum qildi.Buning oqibatida shahar transport tizimi va aeroport ishida uzilishlar kuzatilgan.“Yo`llar...
Erdo`g`an Iroq bilan munosabatlarda burilish nuqtasi borligini ma`lum qildi

22.04.2024, 20:57

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`anning Iroqqa tashrifi va uning doirasida imzolangan kelishuvlar Turkiya-Iroq munosabatlarida yangi burilish nuqtasi bo`lishiga ishonch bildirdi. Bu haqda davlat rahbari Iroq...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1