1

​Shavkat Mirziyoev Afg`oniston Prezidentiga hamdardlik bildirdi

Jamiyat 01.06.2017, 10:28
Teglar: Shavkat Mirziyoev, Afg`oniston, Hamdardlik
​Shavkat Mirziyoev Afg`oniston Prezidentiga hamdardlik bildirdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Afg`oniston Prezidentiga hamdardlik maktubini yo`lladi. Maktub matni O`zAda keltirildi.

Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti

Muhammad Ashraf G`ani

Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!

Afg`oniston poytaxti Kobul shahri markazida sodir etilgan mudhish va g`ayriinsoniy terrorchilik harakati oqibatida ko`plab begunoh kishilarning nobud bo`lgani va og`ir jarohat olgani haqidagi xabar bizni qattiq qayg`uga soldi.

Ushbu musibatli damlarda Sizga va birodar Afg`oniston xalqiga chuqur ta`ziya izhor etamiz. Qurbon bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga samimiy hamdardligimizni etkazib qo`yishingizni so`raymiz. Jarohat olganlarni esa tez fursatlarda sog`ayib ketishini tilaymiz.

Qayg`u ila,

Shavkat Mirziyoev,

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sharhlar

O`zbekiston TIV Xitoy va Braziliyaga hamdardlik bildirdi

03.05.2024, 18:04

Xitoy va Braziliyada kuchli yog`ingarchiliklar yuz bergani oqibatida ko`plab insonlar vafot etgani edi. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy va Braziliya davlatlariga hamdardlik bildirdi.Ma`lum bo`lishicha, Braziliya...
Yaponiya Afg`onistonga 106 mln dollarlik yordam yubordi

12.12.2022, 21:45

Tolibon tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaki Yaponiya hukumatiga o`z mamlakatiga ko`rsatgan 100 million dollardan ortiq yordam uchun minnatdorchilik bildirdi, deya yozmoqda "zamon.uz".Ma`lum qilinishicha, Tashqi...
O`zbekiston TIV 35 kishini halok qilgan Afg`onistondagi portlash yuzasidan bayonot berdi

01.12.2022, 08:37

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg`onistonning Samangan provinsiyasida sodir bo`lgan terrorchilik xuruji yuzasidan bayonot berdi.Bayonotda Aybak shahridagi asosan yoshlar qurbon bo`lgan portlash keskin qoralangan. Shuningdek, bunday...
Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi

21.10.2022, 13:45

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1