1

​Begunoh amerikalik yigit qiyofadoshining o`rniga 17 yil qamoqda o`tirdi

Dunyo 12.06.2017, 12:17
Teglar: Jazo, Jinoyat, AQSh, Qamoqxona
​Begunoh amerikalik yigit qiyofadoshining o`rniga 17 yil qamoqda o`tirdi

AQSh hukumati Kanzas-Sitida yashovchi sodir etmagan jinoyati uchun qiyofadoshining o`rniga 17 yil qamoqda o`tirgan yigitni jazodan ozod etdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Richard Jons 1999 yilda talonchilikda ayblanib, 19 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. Faqatgina guvohlarning ko`rsatmalariga binoan unga nisbatan ayblov e`lon qilingandi.

Jons aybi yo`qligini aytib, huquq himoyachilaridan yordam so`radi. Ular voqea joyi yaqinida tashqi qiyofasi Jonsga o`xshab ketadigan Riki ismli yigit yashashini aniqlashdi.

“Men qiyofadoshimning suratini ko`rgach, hammasiga tushundim”, dedi Jons.

Yangi sud jarayonida guvohlarning ko`rsatmasi tinglanib, Riki va Jonsning suratlari solishtirib ko`rildi va Jonsning aybsizligi o`z isbotini topib, qamoqdan ozod etildi.

Sharhlar

AQSh Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo`llaganlikda aybladi

02.05.2024, 15:35

AQSh Davlat departamenti tomonidan e`lon qilingan bayonotga ko`ra, Rossiya qo`shinlari ukrainalik askarlarga qarshi xloropikrin zaharli moddasidan foydalangan. Bu haqda SNN xabar berdi. Vashingtonning fikricha, Moskva kimyoviy qurollardan...
AQShda 74 yoshli ayol bankni o`marganlikda ayblanmoqda

29.04.2024, 18:03

AQShning Ogayo shtatida yashovchi 74 yoshli Enn Maers Feyrfild shahridagi bankni o`marishda ayblanmoqda. Bu haqda zamon.uz xabar berdi. Tintuv chog`ida mashinadan o`g`irlik paytida qo`llangani aytilayotgan to`pponcha, shuningdek, ayolga tegishli...
AQSh Falastinning BMTga to`liq a`zo bo`lishi haqidagi rezolyusiyani blokladi

19.04.2024, 17:02

Qo`shma Shtatlar Falastinni BMTga to`laqonli a`zo sifatida qabul qilish rezolyusiyasini blokladi. Davlatlar tashkilot Xavfsizlik kengashi yig`ilishida veto huquqidan foydalandi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.Hujjatni Xavfsizlik...
AQShda qishki bo`ron qurbonlari soni 50 kishiga etdi

27.12.2022, 10:08

AQShda qishki bo`ron tufayli kamida 50 kishi halok bo`ldi, deb xabar bergan NBC News. Telekanalning aniqlik kiritishicha, qurbonlarning aksariyati - kamida 14 nafari Nyu-York shtati...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1