1

“O`ZIMNI O`SMIRDEK HIS ETAYaPMAN”

SUG'DIYONA 06.12.2017, 18:24
Teglar: Oila
“O`ZIMNI O`SMIRDEK HIS ETAYaPMAN”

Dilafruz, 42 yosh, Qibray tumani:

— Turmushga chiqganimga yigirma yil bo`ldi. Ota-onam tanlagan inson bilan el qatori yashab kelyapmiz. Hayotimizda romantika degan umuman yo`q. Erim ham menga ota-onasining qistovi bilan uylanganini turmushga chiqqanimdan so`ng bilganman. Bu orada ikki farzandli bo`ldik. Farzandlarimizga bo`lgan mas`uliyat hissi, ota-onalik majburiyatlari bizni birlashtirib turadi, deb o`ylayman. Bir-birimizda ko`nglimiz bo`lmasa-da oilani muqaddas bilib erim ham, men ham xiyonat yo`liga kirmagandik. Lekin hayot bizni turli vaziyatlarga tashlab, sinovdan o`tkazar ekan. Men ana shunday sinovlarning biridan o`tolmadim. Qalbimga quloq solib, o`zimni noqulay holatga solib qo`ydim. Turmush o`rtog`im, farzandlarim meni kechirolmasa kerak deb o`ylayman. To`rt oy avval ish yuzasidan men ishlaydigan korxonaga bir erkak keldi. Ishlari bitmagani sari u serqatnov bo`lib qolgandi. Hujjatlar bilan men shug`ullanganim uchun u bilan ko`pincha suhbatlashib qolardik. Meni tushliklarga taklif qiladigan bo`ldi. Ming yillik qadrdonlardek yaqin bo`lib ketdik, suhbat uchun qiziqarli mavzular doim topiladi. Bilishimcha, men yoqtirgan insonning ham oilasi, uchta farzandi bor. Yosh o`smirlar birinchi muhabbatidan sarmast, osmonlarda uchib yuradi-ku, biz ham o`zimizni ana shunday has qilyapmiz. Go`yoki chin baxtimizni endi topgandekmiz. U menga “Oilangdan sen avval ajrashsang, keyin men ham ajrashaman. So`ng ikkimiz erkin qush bo`lib yangi oila quramiz”, deyapti. Uning shart qo`yishi menga og`ir botdi. Sevgisi chin bo`lsa, avval o`zi oilasidan ajrashmaydimi? Oilamni, farzandlarimni deymi yoki sevgan insonimnimi?..

Maslahat: — Hademay quda-andali bo`ladigan yoshda ekansiz. Siz kabi oilali, farzandli ayolarga o`smirlarga o`xshab sevishib yurish yarashmasa kerak. Erkaklarning bunday yurishlarini bag`rikeng ayollarimiz kechirib yuborishadi, lekin ayollarning bu ishini erlari, farzandlari, yaqinlari aslo kechirishmaydi. Ertaga farzandlaringiz uylansa, turmushga chiqsa, “Onang kim ediyu, sen kimsan?” qabilidagi munosabatlari sizni va farzandlaringizni yomon ahvolga solib qo`yishi mumkin. O`zbek ayollari farzandi, oilasi uchun hamma narsaga tayyor bo`ladi. Bu muhabbatingiz olovida qancha yonib, kuysangiz ham oilangizni tark etmasligingizni maslahat beraman. Beshta norasidaning ko`z yoshini oqizib, baxtli bo`lamiz deb o`ylasangiz, qattiq adashasiz. Farzandlaringiz sizga muhtoj bo`lganida tashlab ketmoqchisiz, ertaga qarib, kuchdan qolganingizda ulardan mehr, yordam kutishga haqqingiz bo`larmikan? U erkak bilan munosabatni to`xtatishingizni maslahat bergan bo`lardim, juda kech bo`lmasidan oilangizga qayting. Farzandlaringiz kelajagi haqida qayg`uring.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
O`zbekistonda qancha oila faqat sha`riy nikoh asosida yashagani aniqlandi

14.11.2019, 18:36

 O`zbekistonda FHDYo organlari hokimliklar tasarrufiga o`tkazilgach, faqatgina sha`riy nikoh bilan yashab kelgan 20 ming 350tadan ortiq oila aniqlanib, ularning nikohi qonuniylashtirildi.Bu haqda 13 noyabr kuni oila...
«IChKILIK BO`LMASA EDI...»

23.12.2017, 17:11

Sayyora, 30 yosh, Jizzax viloyati: — Turmushga chiqqanimga o`n yil bo`libdi. Ikki farzandim bor. Qaynona-qaynotam bilan birga yashaymiz. Shu yillar ichida tinch, osoyishta, xotirjam yashaganimni...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1