O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan 1-iyun – xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Qo`lingda imkon” nomli ijtimoiy loyihaga qo`l urildi. Taronani O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ulug`bek Rahmatullaev, xonandalar Shahzoda, Lola, Shaxriyor, shuningdek, “Bulbulcha” bolalar ansambli ijro qilgan. “Qo`lingda imkon” qo`shig`ining matn muallifi Shoira G`iyosova. Bastakor “E`tirof” mukofoti sovrindori Shuhrat Zokirov.
“Kelajakdagi muvafaqqiyat, omad, o`zini anglash bolalikdan shakllanadi. Farzandlarimizning bugungi tanlovi ularning va mamlakatimizning kelajagi bilan bog`liq. Bu yo`lda ularga yordam berish bizning umumiy vazifamizdir.” – deydi Maktabgacha ta`lim vazirligi vakili Shahnoza Mirziyoeva.
Ozodbek Nazarbekov: — Vatanimizning farovonligi bolalarni erta yoshdan to`g`ri tarbiyalashga bog`liq.
Klipda 300 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Jumladan, “Tomosha”, “Monster Kids”, “Alladin” bolalar guruhi, “Paxtakor” bolalar futbol jamoasi, bog`cha va maktab bolalari, boks bo`yicha chempionlar Shaxram G`iyosov, Xasanboy Do`stmatov, “Global Soccer Awards”ning “Dunyoning eng yaxshi hakami” nominasiyasi g`olibi Ravshan Ermatov, taniqli futbolchi Sardor Rashidov, O`zbekistonning mashxur “Bunyodkor” klubi va yurtimizning taniqli qo`shiqchilari, aktyor va aktrisalari qatnashishdi.
Klipning Ssenariy muallifi va rejissyor Lola Yuldasheva, tasvirchi Rustam Murodov, ikkinchi rejissyor Sanjar Matkarimov, rassom Baxriddin Shamsutdinov, liboslar bo`yicha rassom Hilola Sher.
Lola Yo`ldasheva: — Men maktabgacha ta`lim vazirligining bu loyiha haqida menga aytishganda, mamnuniyat bilan qabul qildim va qo`llab-quvvatladim. Umid qilamizki, bu bolalarga yorqin va yoqimli sovg`a bo`la oladi.
25.04.2024, 07:33
Xitoyning Xenan provinsiyasidagi chakana savdo tarmog`i asoschisi Yu Donglay xodimlarga ish va hayot muvozanatini yaxshilashga yordam berish uchun “baxtsiz ta`til” kunlarini joriy qildi, deb yozadi...01.04.2024, 16:31
Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon Ortiqxo`jaev 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Darakchi.uz ga xabar berdi.2024 yil 30 mart Toshkent...21.02.2024, 17:28
Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...13.02.2024, 09:36
Tvitterda Majin Bu taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhonelari haqida yangi ma`lumotlar bilan bo`lishdi. Insayder xabaridan ma`lum bo`lishicha, kompaniya bir vaqtning o`zida...