1

O`zbekiston Mudofaa vazirligining “Jangovar hamdo’stlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun” ko`krak nishoni ta`sis etildi

Jamiyat 30.05.2018, 10:07
O`zbekiston Mudofaa vazirligining “Jangovar hamdo’stlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun” ko`krak nishoni ta`sis etildi

Mazkur ko`krak nishoni bilan xalqaro harbiy va harbiy-texnik hamkorlik masalalarini hal etishdagi xizmatlari, O`zbekiston mudofaa salohiyatini mustahkamlashda salmoqli hissa qo`shgan harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilari, shuningdek, O`zbekiston fuqarolari hamda xorijiy davlat fuqarolari taqdirlanadi.

Ko`krak nishoni O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining o`rinbosarlari va harbiy okrug qo`shinlari qo`mondonlarining taqdimnomasi bo`yicha yoki vazir qarori asosida tantanali vaziyatda topshiriladi.

Mukofotga sazovor bo`lganlarga ko`krak nishoni bilan birgalikda mudofaa vaziri nomidan faxriy yorliq topshiriladi. Shuningdek, taqdirlangan harbiy xizmatchilarga (xorijiy davlat fuqarolari bundan mustasno) eng kam oylik ish haqining 3 barobari miqdoridagi pul mukofoti beriladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ko`krak nishoni haqida:

Ko`kruk nishoni kumush va tilla rangdagi metall qorishmadan tayyorlangan bo`lib, bir-birining ustiga tushirilgan, umumiy markazga ega, turli o`lchamdagi uchta sakkiz qirrali yulduz shakliga ega. Nishonning old tomonida aylana markazidagi yashil fonda ramziy ma`nodagi qo`l berib ko`rishayotgan tilla suvi yurgizilgan qo`l fragmentlari, moviy rangdagi globus, O`zbekiston xaritasi va kabutarlar tasvirlangan; globus atrofida – tilla rangdagi lavr novdalarining relefli tasviri aks etgan; lavr novdalari atrofida – moviy fondagi oq harflar bilan aylana bo`ylab bir qator qilib yozilgan “Jangovar hamdo’stlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun” yozuvini sakkiz qirrali yulduz ajratib turadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1