1

Namanganda IIB xodimi nega katta yo`lni to`sib qo`ydi? (video)

Jamiyat 04.12.2019, 12:10
Teglar: ​Namangan, IIB
Namanganda IIB xodimi nega katta yo`lni to`sib qo`ydi? (video)

Kecha, 3 dekabr kuni Namangan viloyati Namangan tumani xududida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi hodimlarining xizmat jarayoni tasvirga olinib telegram ijtimoiy tarmog`ining “Andijonliklar” kanali orqali tarqatildi.

Xo`sh, aslida mazkur xududda YPX inspektorlari nima sababdan bu holatda xizmat olib borayotgan edi?

Ushbu holatga Namangan viloyati IIB aniqlik kiritdi.

Ma`lum bo`lishicha, tasvirga olingan vaqtdan avvalroq aniqrog`i, 09:35larda Namangan tumani Toshbuloq mahallasida yashovchi, haydovchilik bilan shug`ullanuvchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, “Damas” rusumli, oq rangli davlat raqami 10 U 351 MA bo`lgan avtomashinani Namangan viloyati Mingbuloq tumani xududida ishonch qog`ozi orqali boshqarib borayotib, avtomashinadan tushgan vaqtda notanish yo`lovchi avtomashinani olib qochib ketganligini ma`lum qilib chora ko`rishni so`ragan. Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tezkor reja xarakatga keltirilib, viloyat xududi bo`yicha surishtiruv-tekshiruv ishlari olib borilgan. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi hodimlari avtomashina olib qochilgan Mingbuloq tumaniga qo`shni bo`lgan Namangan tumani xududida qidiruvdagi avtomashinaga o`xshash bo`lgan oq rangli “Damas” avtomashinasini tekshirayotgan vaqtida noma`lum shaxs ularning xizmatiga va maxsus rejaning davomiyligiga xalaqit berib xodimlarni tasvirga olgan. Hodimlarning bir necha marotaba ogohlantirishi, bu reyd emas maxsus tadbir ekanligi haqidagi tushuntirishlariga qaramasdan tasvirga olishni davom ettirgan. “Aslida mana shunday tadbirlar davomida xuquqni muhofaza qilish organlariga ko`maklashish, vaziyat yuzasidan bilgan ma`lumotlari haqida xabar berish mulkidan ayrilgan zamondoshimizning, hamda uni topishga kirishgan xodimlarning mushkulini oson qilardi, qolaversa bu xar birimizning fuqarolik burchimizdir”, — deyiladi rasmiy xabarda. 

Shuningdek, ma`lum qilinishicha, tezkorlik bilan amalga oshirilgan tadbirlar natijasida qidiruvda bo`lgan “Damas” avtomashinasi Ichki ishlar boshqarmasi hodimlari tomonidan topilib mulk egasiga qaytarilgan. Hamda mazkur jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 267 moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Namanganda bog`cha tarbiyachisi bolalarni qabristonga olib borgan

13.05.2024, 18:18

Ijtimoiy tarmoklarda Chortoq tumani, “Iftixor”  MFYning Tol ko`chasida joylashgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta`lim tashkiloti bo`yicha yoritilgan maqola o`rganib chiqildi. Bu haqda Maktabgacha ta`lim agentligi darakchi’ga...
“Iphone 14pro” sotiladi deya fuqarolarni chuv tushirib kelgan yigit ushlandi

25.04.2024, 23:10

“Iphone 14pro” sotiladi deya fuqarolarni chuv tushirib, boshlang`ich to`lov sifatida 1.900.000 so`m olgan yigitning qilmishlariga chek qo`yildi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.Namangan viloyati, Yangiqo`rg`on...
⚡️Namanganda chaqaloq YPX avtomobilida tug`ildi (video)

24.01.2023, 10:05

Namanganda ayol YPX avtomobilida tug`uruqxonaga olib ketilayotganida farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, 4P-112 Farg`ona xalqa avtomobil yo`lining 20 kilometrida...
Namanganda “Nexia-2” kanalga tushib ketdi (video)

04.01.2023, 12:40

Namangan viloyati Chortoq tumani "Ayqiron" MFY hududidan oqib o`tuvchi katta Namangan kanaliga “Nexia-2” rusumli avtomobil haydovchisi noqulay ob-havo tufayli boshqaruvni yo`qotib, tushib ketdi. Bu haqda...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1