1

“Iphone 14pro” sotiladi deya fuqarolarni chuv tushirib kelgan yigit ushlandi

Jinoyat 25.04.2024, 23:10
Teglar: ​Namangan, “Iphone 14pro”, Andijon shahri
“Iphone 14pro” sotiladi deya fuqarolarni chuv tushirib kelgan yigit ushlandi

“Iphone 14pro” sotiladi deya fuqarolarni chuv tushirib, boshlang`ich to`lov sifatida 1.900.000 so`m olgan yigitning qilmishlariga chek qo`yildi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Namangan viloyati, Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi A.T. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 1.900.000 so`m miqdoridagi pul mablag`lari noma`lum shaxs tomonidan firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirilganligini ma`lum qilgan. 

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo`linmalari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Andijon viloyati, Andijon shahrida yashovchi 27 yoshli M.O. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan, M.O. “Telegram” messenjeri orqali “Iphone 14pro” sotiladi deya yolg`on e`lon joylashtirgan va bu e`longa ishongan jabrlanuvchi A.T. bilan telefon orqali gaplashib, uni ishonchiga kirish orqali, oldindan 1.900.000 so`m miqdoridagi pullarni o`zining foydalanuvida bo`lgan bank kartasiga o`tkazib olgan va yozishmalarni o`chirib yuborib, uning qo`ng`iroqlariga javob bermay,  qora ro`yxatga kirgazib qo`ygan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan M.O.ga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Qonunga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Sharhlar

⚡️Namanganda chaqaloq YPX avtomobilida tug`ildi (video)

24.01.2023, 10:05

Namanganda ayol YPX avtomobilida tug`uruqxonaga olib ketilayotganida farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, 4P-112 Farg`ona xalqa avtomobil yo`lining 20 kilometrida...
Namanganda “Nexia-2” kanalga tushib ketdi (video)

04.01.2023, 12:40

Namangan viloyati Chortoq tumani "Ayqiron" MFY hududidan oqib o`tuvchi katta Namangan kanaliga “Nexia-2” rusumli avtomobil haydovchisi noqulay ob-havo tufayli boshqaruvni yo`qotib, tushib ketdi. Bu haqda...
Namanganda "Lacetti" kelib urilgan "Vaz 2107" yonib ketdi. Vafot etganlar bor

27.08.2022, 13:25

Namanganda sodir bo`lgan YTH o`lim bilan yakunlandi. Bu haqda Namangan viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, kecha, 27 avgust kuni soat 03:45larda 4R-112 "Farg`ona...
Namangandagi “Sulton Uvays Qaraniy” ziyoratgohidan “Qur`oni Karim” kitobining qo`lyozma nusxasi o`g`irlab ketildi

15.08.2022, 17:33

2022 yilning 9 avgust kunidan 10 avgust kuniga o`tar kechasi  soat 00:04larda noma`lum shaxslar Chortoq tumani Baliqko`l MFYda joylashgan “Sulton Uvays Qaraniy” ziyoratgohida mavjud bo`lgan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1